Ba’zilar şamollab qolganida şifokorga bormay, avvalgidan ham kuçliroq antibiotiklarni qabul qiladi. Biroq köpçilik antibiotiklar zararli bakteriyalar bilan birga tanadagi foydali bakteriyalarni butunlay öldirib yuborişi mumkinligini bilmaydi. Kun.uz antibiotikka örganib qolganlarni nima kutayotgani va nega rivojlangan mamlakatlarda antibiotik sotiş, sotib oliş ustidan kuçli nazorat örnatilgani mavzusini örgandi.

Yangi avlod köproq antibiotik olyapti

Kun.uz Toşkent şahrida kiçik sörovnoma ötkazdi. Unda iştirokçilardan antibiotik olgan yoki yöqligi; agar olgan bölsa, qaysi hollarda va qanday antibiotiklar ekani söraldi. Sörovnomada 30 dan ortiq 18-60 yoş oraliğidagi aholi qatnaşdi. Ularning 30 yoşgaça bölgan 10 nafari 5-8 martagaça antibiotik olganini aytdi. Yana 30 yoşdan yuqori kişilar 3-4 marta, 50 yoşdan yuqorilar esa 1 marta yoki umuman olmaganini ma’lum qildi. Bu raqamlardan butun Özbekistonda aholi antibiotikdan şunday foydalanadi deb tuşunmaslik kerak, çunki hududlarda antibiotikdan foydalaniş poytaxt aholisidagidan ança köproq ekani ehtimoli yöq emas.

Antibiotik nimaga xizmat qiladi?

Antibiotiklar ba’zi mikroorganizmlar (bakteriyalar), hayvon töqimalari, ayrim yuksak ösimliklar hayot faoliyati natijasida hosil böladigan bakteriya va turli xil mikroblarning ösişi, rivojlanişini töxtatadigan organik moddalar hisoblanadi.

Antibiotiklar turli bakteriyalarni öldirişga xizmat qilişiga köra, bir neça turlarga bölinadi. Bakteriyali infeksiyalarni davolaydigan yuzlab turdagi antibiotiklar bölib, ularning asosiylari 6 guruhga bölinadi. Eng köp qöllanadigan antibiotiklar guruhi bu B-Lactam antibiotiklari bölib, ularni faqat bakteriyali infeksiya bilan kasallaniş taşxisi qöyilgandagina bemorda qöllaş mumkin. Maqolada ham aynan şu antibiotiklar ta’siri haqida söz boradi. Qiziq nuqtasi şuki, aksar şifokorlar bakteriyali infeksiya tufayli kasallaniş va virusli infeksiya tufayli şamollaşni (masalan oddiy gripp yoki ÖRVI) bir-biridan farqlaşga qiynaladi va natijada ikkisiga ham antibiotik yozib beraveradi.

Qaysi hollarda antibiotik qöllaş mumkin?