03:29 / 21.02.2020
0
5112
Yevropa Ligasi. «Arsenal», «Bayyer» va «Roma» kichik hisobda, «Vulverhempton» yirik hisobda g‘alaba qozondi
Foto: Getty Images

Yevropa Ligasining 1/16 finali dastlabki o‘yinlari yakunlandi.

«Arsenal» Gretsiyada «Olimpiakos» mehmoni bo‘lib, o‘yin oxirlarida Lyakazettning goli evaziga g‘olib bo‘ldi. 

«Roma», «Bayyer» va «Reyndjers» klublari o‘z maydonlarida 1ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishdi.

«Vulverhempton» o‘z uyida «Espanol»ni ayab o‘tirmadi, «bo‘rilar» safida Jota xet-trikka erishdi. 

Yevropa Ligasi, 1/16 final, 20 fevral
Birinchi o‘yinlar

Olimpiakos – Arsenal 0:1
Gol: Lyakazett (81).
Olimpiakos: Joze Sa, Elabdellaui, Ruben Semedu, Tsimikas, Ba, Buxalakis (Fortunis, 65), Kamara, Valbuena, Gilerme, Masuras (Lovera, 75), El-Arabi. 
Arsenal: Leno, Papastatopulos (Meytlend-Nayls, 90+1), David Luiz, Mustafi, Uillok (Pepe, 75), Genduzi, Jaka, Martinelli (Sebalos, 58), Lyakazett, Obameyang, Saka. 
Ogohlantirishlar: El-Arabi (19), Semedu (26), Buxalakis (50), Mustafi (71), Jaka (83), Bau (90+1).

Vulverhempton – Espanol 4:0
Gollar: Jota (15, 67, 81), Nevesh 52).

Bayyer – Portu 2:1
Gollari: Alario (29), Haverts (5 – Luis Diash (73).

APOEL – Bazel 0:3
Gollar: Petretta (16), Shtoker (53), Artur (66).

AZ Alkmaar – LASK 1:1
Gollar: Kopmeyners (85, penalti) – Raguj (26).

Volfsburg – Malmyo 2:1
Gollar: Brekalo (49), Mehmedi (62) – Telin (47, penalti).

Roma – Gent 1:0
Gol: Karles Peres (13).

Reyndjers – Braga 3:2
Gollar: Hadji (67, 82), Aribo (75) – Franserjiu (11), Ruis (59).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top