00:57 / 21.02.2020
0
4714
Yevropa Ligasi. «Inter»da g‘alaba, «MYu»da durang, «Ayaks»da mag‘lubiyat 
Foto: Getty Images

Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasida 8ta juftlikda dastlabki o‘yinlar yakunlandi. 

«MYu» safarda «Bryugge»ga qarshi bahs yuritdi. O‘yinda kuchlar teng keldi. Dennisning goliga «qizil iblislardan» Marsyal javob berdi.

Antonio Konte boshqaruvidagi «Inter» Bolgariyada Eriksen va Lukakuning gollari evaziga «Ludogorets»dan ustun keldi.  

«Ayaks» esa Madridda «Xetafe»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Deyverson va Kennedining gollari mezbonlarga javob o‘yini oldidan ishonchli ustunlikni taqdim etdi.

Shuningdek, «Ayntraxt», «Shaxtyor», «Sporting» klublari ham birinchi o‘yinni o‘z foydalariga hal qilishdi.

Yevropa Ligasi, 1/16 final, 20 fevral
Daslabki o‘yinlar

Bryugge – MYu 1:1
Gollar: Dennis (15) – Marsyal (36).
Bryugge: Minole, Kossunu, Mexele, Deli, Alvares (Vormer, 47), Vanaken, de Kyuyper (Shreyvers, 73), Dennis, Rits, Mata, Tau (de Ketelar, 62). 
Manchester Yunayted: Romero, Dalot (Fernandesh, 81), Lindelyof, Maguayr, Uilyams, Lingard, Matich, Mata, Pereyra (Fred, 67), Marsyal (Igalo, , Shou.
Ogohlantirishlar: Alvares (39), Vanaken (54), Pereyra (69), Mexele (90+3).

Ludogorets – Inter 0:2
Gollar: Eriksen (71), Lukaku (90+4, penalti).
Ludogorets: Iliyev, Grigore, Terziyev, Sisino, Nedyalkov, Abel, Dyakov (Badji, 67), Vanderson, Kauli (Biton, 90), Marselino, Shverchok (Chibota, 76). 
Inter: Padelli, Godin, Ranokkiya, D`Ambrozio, Biragi (Yang, 81), Vesino, Mozes (Barella, 72), Valero, Eriksen, Sanches, Martines (Lukaku, 64).
Ogohlantirishlar: Martines (22), Grigore (43), Vanderson (61), Chibota (85), Aniset (90+2).

Xetafe – Ayaks 2:0
Gollar: Deyverson (37), Kennedi (90+3).
Xetafe: Soriya, Nom, Olivera, Suares, Kukurelya (Kennedi, 88), Maksimovich, Arambarri, Jyene, Echeyta, Deyverson (Anxel, 57), Mata (Molina, 72). 
Ayaks: Brunu Varela, Blind, Dest, Alvares (Shyurs, 68), Martines, Tadich, van de Bek, Babel, Ziyosh, Talyafiko, Traore (Huntelaar, 68).
Ogohlantirishlar: Alvares (36), Jyene (44), Talyafiko (54), Babel (55), Nom (55), Oliveyra (57).

Shaxtyor – Benfika 2:1
Gollar: Patrik (56), Kovalenko (72) – Pitssi (67, penalti). 

Kluj – Sevilya 1:1
Gollar: Dyak (59, penalti) – En-Nesiri (82).

Ayntraxt – Zalsburg 4:1
Gollar: Kamada (12, 43, 53), Kostich (56) – Xvan Chi Chxan (85, penalti).

Sporting – Istanbul 3:1
Gollar: Koates (3), Shporar (44), Viyetto (51) – Vishcha (77, penalti).

Kopengagen – Seltik 1:1
Gollar: N'Doyye (52) – Eduar (14).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top