11:36 / 26.02.2020
0
2270
«Mehribonlik» uylarida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi eng asosiy muammolar sanaldi 

“Mehribonlik” uylarini bitirgan bitiruvchilarning aksariyati o‘rta maxsus ta'lim yurtini tugatgandan keyin o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmayapti

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

2020 yil 25 fevral kuni Senat Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar mutasaddilari, olimlar va mutaxassislar, “Mehribonlik” uylari hamda SOS Toshkent shahridagi bolalar mahallasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda ota-onalar qarovisiz qolgan, “Mehribonlik” uylarida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovining natijalari tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan birga dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Majlisda sohada uchrayotgan muammolarga e'tibor qaratildi. Jumladan, “Mehribonlik” uylarida yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ko‘plab muammolar mavjudligi, ularda shaxsiy turar joyning yo‘qligi, ishga kirishda ko‘plab qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi “Mehribonlik” uylarida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvida eng asosiy muammosi ekanligi ta'kidlandi. 

Yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o‘zlari yashab turgan turar joylarni ular “Mehribonlik” uylariga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga ko‘ra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bronlashtirish huquqini amalga oshirish mexanizmini shakllantirish muhimligi aytib o‘tildi.

“Mehribonlik” uylarini bitirgan bitiruvchilarning aksariyati o‘rta maxsus ta'lim yurtini tugatgandan keyin o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmasligi to‘g‘risida fikr yuritildi.

Mazkur parlament so‘rovi natijalari 28 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan parlament yuqori palatasining ikkinchi yalpi majlisida muhokama qilinishi va Senatning tegishli qarori qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top