Uzbekistan Airways: Janubiy Koreyadan fuqarolarni qaytarish evakuatsiya emasdi
Tegishli vazirliklar tomonidan evakuatsiya, deya baholangan bu reys bo‘yicha ayrim savollar tug‘ildi.

Joriy yilning 1 mart kuni kuni Toshkent vaqti bilan soat 2:40da bir guruh yurtdoshlarimiz Seuldan Toshkentga yetib keldi. Shundan keyin O‘zbekiston tomonidan Yaponiya, Italiya, Afg‘oniston va Eron kabi qator davlatlarga aviaqatnovlar cheklandi. Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyadan aviaqatnovlar soni haftasiga 1ta reysgacha qisqartirilgani, O‘zbekistonga keluvchi yo‘lovchilar uchib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘lib turishi e'lon qilindi.
Tegishli vazirliklar tomonidan evakuatsiya deya baholangan bu reys bo‘yicha ayrim savollar tug‘ildi. Biz bu savollarga javob olish uchun Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati bilan bog‘landik:
– 1 mart kuni Seuldan Toshkentga kelgan reys qanday maqomda edi? Bu reysda Janubiy Koreya Respublikasidagi fuqarolar evakuatsiya qilingani aytildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu charter reys emas, odatiy reys bo‘lgani aytilmoqda. Umuman evakuatsiya jarayoni qanday tartibda va qanday shartlar bilan amalga oshiriladi?
Uzbekistan Airways:
– 1 mart kuni Uzbekistan Airways’ning HY513/514 reysi amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining qaroriga binoan Toshkent-Seul-Toshkent yo‘nalishiga 2ta, Janubiy Koreya Respublikasining aviakompaniyalari Korean Air, Asiana Airlines hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi haftasiga har biri bittadan muntazam reys amalga oshirishiga ruxsat berilgan. Evakuatsiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yo‘riqnomasi asosida amalga oshirilishi kerak.
– Umuman, charter reys atamasining ta'rifi va talablari qanaqa? Bunday reysda chiptalar to‘lovi kim tomonidan amalga oshiriladi? Mart oyi davomidagi reyslarga chipta olgan o‘zbekistonliklarga qanday javob qaytarilmoqda?
Uzbekistan Airways:
– Charter qatnovlari bu maxsus buyurtma asosida yo‘lovchilarni tashish maqsadida tashkil etiladigan reyslardir. Charter qatnovlari buyurtmachisi – davlat tashkilotlari, turistik firmalar va har xil turdagi tijorat tashkilotlari bo‘lishi mumkin. Ushbu qatnovlarda, buyurtmachi havo kemasining barcha xarajatlarini (aeroportdagi barcha to‘lovlar, keytering, yoqilg‘i, ekipaj to‘lovlari, mehmonxona va boshqalar) to‘liq qoplab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan bir qatorda charter qatnovlariga chiptalar bahosini buyurtmachi o‘z xohishidan kelib chiqib o‘rnatadi. Chiptalar buyurtmachi taqdim etgan ro‘yxat asosida yoziladi.
Bugungi kunda, mart oyida Janubiy Koreya Respublikasiga charter qatnovlarini tashkil etish to‘g‘risida Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga buyurtmalar tushmagan. Mart oyi davomida reyslarga chipta olgan yo‘lovchilar chipta uchun ketkazilgan moddiy xarajatlarini, chiptalarni qayerdan xarid qilib olgan bo‘lsalar murojaat orqali qaytarib olishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yangi yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekiston | 21:27
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 21:17
-
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi
Jahon | 21:14
-
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi
Jahon | 21:12
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin

10:06 / 12.05.2025