Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Koreya Respublikasi hududida bölib turgan va uşbu davlatga borişni rejalaştirayotgan fuqarolarga murojaat qildi.

«COVID-19 koronavirusining Özbekiston hududiga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida mamlakatimiz Transport vazirligi Koreya Respublikasi aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 2020 yilning 1 mart kunidan boşlab ikki mamlakat örtasidagi aviaqatnovlarda vaqtinçalik çeklaş çoralari joriy qilinişi töğrisida rasman xabardor qildi. 

Aviaqatnovlar soni haftasiga 1ta reysgaça qisqartiriladi. Janubiy Koreyadan Özbekistonga keluvçi yölovçilar uçib kelişlari bilan 14 kun davomida karantinda bölib turadi. 

Koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyatning barqarorlaşişi bilan ikki davlat örtasidagi aviareyslar soni qayta tiklanadi», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib ötamiz, 1 martdan boşlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olişi va Özbekiston hududida virus tarqalişining oldini oliş maqsadida Seulga bölgan qatnovlarni vaqtinça töxtatgan.

1 mart kuniga ötar keçasi Seuldan 182 nafar özbekistonlik va 49 nafar xorijlik olib kelinib, Toşkent viloyati hududidagi maxsus hududda karantinga joylaştirildi.

Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda TIV sönggi kunlar davomida koronavirusning tarqalişi bilan boğliq holat oğirlaşayotgan Koreya Respublikasi hududida bölib turgan mamlakat fuqarolariga zarur holatlarda quyidagi raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi: 

- Özbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elçixonasi: 
(+82) 2 574-65-54,  (+82) 2 577-36-60;

- Uzbekistan Airways AJ vakolatxonasi (aviaçiptalar masalalari böyiça): 
(+82) 10 8718-6850 (Ayubxon Abdullayev);

- Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvandju şahridagi vakolatxonasi