Taşqi işlar vazirligi Özbekistonning Afğoniston, Eron va Italiyada bölib turgan yoki mazkur davlatlarga borişni rejalaştirayotgan fuqarolarga ma'lumotnoma bilan çiqdi. 

Qayd etilişiça, COVID-19 koronavirusning Özbekiston hududiga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida mamlakat Transport vazirligi Afğoniston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Italiya Respublikasi aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 2020 yilning 1 mart kunidan boşlab mazkur davlatlar bilan aviaqatnovlarning vaqtinçalik töxtatilganligi töğrisida rasman xabardor qildi.

Bildirilişiça, Özbekiston tomoni koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyatning barqarorlaşişi bilan mazkur mamlakatlar aviakompaniyalarining mavjud slotlari qayta tiklanişiga kafolat berilişini tasdiqladi.

Özbekiston fuqarolariga Afğoniston, Eron va Italiyadagi holatning yaxşilanişiga qadar uşbu mamlakatlarga borişdan tiyilib turişlari tavsiya etilgan.

Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda TIV xorijda, jumladan koronavirus bilan oğrigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bölib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda Özbekistonning çet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan.

Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus sababli Tokio va Rim şaharlariga ham parvozlarni vaqtinçalik töxtatgani xabar qilingandi. 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1 martdan Janubiy Koreyaga bölgan qatnovlarni ham vaqtinça töxtatgan va uşbu mamlakatdagi fuqarolarini evakuatsiya qilişni boşlagan.

Şuningdek, 27 fevral kunidan Toşkentdan Jidda va Madinaga reyslar töxtatilgan, u yerdagi özbekistonliklarni qaytariş uçun reyslar taşkillaştirilişi rejalaştirilmoqda.