11:49 / 06.03.2020
0
3719
YeTTB O‘zbekistonda Coca-Cola’ni xususiylashtirish ustuvor ahamiyatga ega emasligini ma'lum qildi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos Coca-Cola’ni xususiylashtirish jarayoni qaysi bosqichda ekanligini aytdi.

Foto: RIA Novosti

«Coca-Cola’ni xususiylashtirish masalasi muhokama qilindi. Biz shuni ko‘rmoqdamizki, loyiha bo‘yicha boshqa harakatlar qilinmayapti, ehtimol ustuvor maqsadlar o‘zgargan», - dedi Drakinos jurnalistlarga.

Uning ta'kidlashicha, agar bu ustuvor vazifaga aylansa, YeTTB loyihada ishtirok etishga qaytishi mumkin.

Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. MChJ QKning 57,1 foizi «O‘zbekoziqovqatholding» davlat holding kompaniyasiga, 42,9 foizi esa The Coca-Cola Export Corporation’ga tegishli. O‘zbekiston hukumati YeTTB bilan davlat aktivlarini sotish va strategik investorlarni qo‘shma korxonaga jalb qilish bo‘yicha kelishuv yuzasidan hamkorlik qilishni rejalashtirgandi. Bitim 2019 yil oxirigacha amalga oshirilishi kutilgan edi.

Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd 1993 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunda qo‘shma korxona Toshkent, Namangan va Urganchda joylashgan uchta zavodga egalik qiladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top