19:44 / 08.03.2020
0
15372

Bishkekda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi miting o‘tkazgan ayollar qo‘lga olindi

Qayd etilishicha, an'anaviy miting tushga yaqin G‘alaba maydonida boshlangan, ammo tez orada ayollarga niqobli erkaklar hujum uyushtirgan. Ular ayollar va bolalarni do‘pposlay boshlagan.

Foto: RFE/RL

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda ayollar marshining 20ga yaqin ishtirokchisi qo‘lga olindi, deb xabar berdi "Aprel" axborot agentligi.

Qayd etilishicha, an'anaviy miting tushga yaqin G‘alaba maydonida boshlangan, ammo tez orada ayollarga niqobli erkaklar hujum uyushtirgan. Ular ayollar va bolalarni do‘pposlay boshlagan.

Agentlikning ma'lumot berishicha, "militsiya hushtagi ovozidan so‘ng hujum uyushtirganlar qochib ketgan, militsionerlar esa miting ishtirokchilarini o‘zlari bilan olib ketgan".

O‘z navbatida Bishkek ichki ishlar boshqarmasi Sverdlovsk rayonidagi ichki ishlar bo‘limiga provokatsiyaga sabab bo‘lgan har ikki tomon ishtirokchilari keltirilganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top