08:28 / 13.03.2020
3693
Uzbekistan Airways xorijiy fuqarolarga jarima to‘lovisiz chiptalarni qaytarish imkoniyatini beryapti

Uzbekistan Airways qatnovlari orqali O‘zbekistonga safarini rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun aviachiptalarni jarima to‘lovisiz qaytarish imkoniyati berilmoqda

Foto: KUN.UZ

Uzbekistan Airways xorijiy fuqarolarga jarima to‘lovisiz chiptalarni qaytarish imkoniyati taqdim etilishi haqida ma'lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasiga bir qator mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilar kirib kelishi bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovlar tufayli 2020 yilning mart-aprel oylarida Parij, London, Frankfurt, Tel-Aviv, Bangkok, Kuala-Lumpurdan bo‘lgan Uzbekistan Airways qatnovlari orqali O‘zbekistonga safarini rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun aviachiptalarni jarima to‘lovisiz qaytarish imkoniyati taqdim etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga Singapur, Honkong, Makao, Tayvandan kelgan yo‘lovchilar ham chiptalarni jarimasiz qaytarishi mumkin.

Bildirilishicha, batafsil ma'lumot uchun +998781400200 raqami orqali yagona aloqa markaziga murojaat qilish mumkin.

Top