Centrum Air aviakompaniyasi xatosi bilan Istanbul–Namangan reysiga siğmay qolgan fuqarolarga kompensatsiya undirib berildi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi.
Qayd etilişiça, fuqaro 2025 yil 26 sentabr kuni Centrum Air sayti orqali Istanbul–Namangan yönalişi uçun 2 ta çipta sotib olgan bölsa-da, aviakompaniya tomonidan ortiqça çipta sotilgani natijasida u va turmuş örtoği samolyotga siğmay, Istanbul aeroportida qolib ketişgan. Bir sutkadan söng ularga majburiy ravişda Istanbul–Toşkent reysida parvoz qiliş taklif etilgan va fuqarolar şu reysda qaytib kelgan. U mazkur holatdan norozi bölib, iste’molçilik huquqlari tiklanişi yuzasidan Raqobat qömitasining hududiy boşqarmasiga murojaat qilgan.
Centrum Air aviakompaniyasi öz xatosi sabab yuzaga kelgan noqulaylik uçun fuqaro bilan kelişilgan holda quyidagi kompensatsiya va imtiyozlarni taqdim etgan:
- 500 yevro miqdorda kompensatsiya;
- qöşimça 865 200 söm pulli tovon;
- aviakompaniyaning istalgan yönalişlariga keyingi safar 20 foiz çegirma beruvçi promokod;
- 23 kg qöşimça bepul bagaj;
- parvoz davomida samolyotning birinçi qatoridagi joylardan bepul foydalaniş imkoniyati.








