2026 yil 1 fevraldan boşlab Silk Avia mahalliy yönalişlar böyiça yangilangan tariflar kuçga kirişini ma’lum qildi. Narxlar oşişi eng minimal tariflar uçun quyidagiça böladi:

  • Toşkent – Samarqand 291 ming sömdan 313 ming sömga;
  • Toşkent – Buxoro 320 ming sömdan 344 ming sömga;
  • Toşkent – Navoiy 277 ming sömdan 297 ming sömga;
  • Toşkent – Qarşi 277 ming sömdan 297 ming sömga;
  • Toşkent – Termiz 335 ming sömdan 360 ming sömga;
  • Toşkent – Namangan 277 ming sömdan 297 ming sömga;
  • Toşkent – Farğona 277 ming sömdan 297 ming sömga;
  • Toşkent – Urganç 437 ming sömdan 469 ming sömga;
  • Toşkent – Qöqon 277 ming sömdan 297 ming sömga;
  • Toşkent – Andijon 306 ming sömdan 328 ming sömga;
  • Toşkent – Sariosiyo 393 ming sömdan 422 ming sömga;
  • Toşkent – Zomin 117 ming sömdan 125 ming sömga;
  • Toşkent – Şahrisabz 277 ming sömdan 297 ming sömga;
  • Nukus – Möynoq 117 ming sömdan 125 ming sömga.

«Narxlar bir tomonga hisoblangan. Sayohatlaringizni rejalaştirişda uşbu özgarişlarni hisobga olişingizni tavsiya etamiz. Aviaçiptalarni silk-avia.com saytida, mamlakatning barça aeroportlarida va Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilişingiz mumkin», deyiladi kompaniya xabarida.

Silk Avia — Uzbekistan Airports tomonidan taşkil etilgan loukoster aviakompaniya bölib, parvozlarini 2023 yil 25 apreldan boşlagan. 2023 yil oktabr oyida prezident qarori bilan kompaniya brendi saqlab qolingan holda Uzbekistan Airways tarkibiga ötkazilgan.