O‘zbekiston | 23:33 / 16.03.2020
15791
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus profilaktikasida atir sovundan ko‘ra kirsovun samaraliroq – professor Shavkat Ahmedov

«O‘zbekiston» telekanalidagi «Munosabat» ko‘rsatuvida koronavirus mavzusida so‘z bordi.

Foto: bozor.com

Tibbiyot fanlari doktori, professor Shavkat Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, kirsovun – koronavirusga qarshi samarali vositalardan biri.

«Vahima qiladigan narsa yo‘q. Sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish kerak. Kerak bo‘lsa har soatda qo‘lni sovunlab yuvish kerak. Shifokor sifatida kir sovunni tavsiya qilgan bo‘lardim, ximiyalashgan hidli sovunni emas. Aynan kir sovunda yuvish kerak.

Iloji bo‘lsa, spirtlab turish kerak. Iloji bo‘lmasa, kir sovunni o‘zi ishqoriy muhit bilan foyda beradi», - dedi Shavkat Ahmedov.

Mavzuga oid