Xitoyda HKU5-CoV-2 deb nomlangan koronavirusning yangi varianti aniqlandi — u yangi pandemiyaga olib kelişi mumkin bölgan xavfli mutatsiyaga juda yaqin. Bu haqda amerikalik olimlar tadqiqotiga tayanib, The Independent xabar berdi.
HKU5-CoV-2 ölim holati 34 foizgaça yetadigan Yaqin Şarq respirator sindromi virusi hisoblanuvçi xavfli MERS-CoV — merbekovirus oilasiga mansub. Vaşington ştati universiteti olimlar guruhining tadqiqot natijalariga köra, koronavirusning yangi varianti COVID-19’ga qaraganda köproq hayvonlarga yuqişi va turlar orasida tarqaliş böyiça katta potensialga ega bölişi mumkin. Tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, virus oqsil tikançalaridagi kiçik özgariş unga insonning tomoq, oğiz va burnidagi ACE2 hujayralariga yopişib oliş imkonini beradi. «HKU5 uzoq vaqt davomida yetarliça örganilmagan edi, biroq bizning ma’lumotlarimiz şuni körsatmoqdaki, virusning inson organizmiga kiriş qobiliyatiga ega bölişi uçun atigi bir qadam qolgan» — deydi tadqiqotning yetakçi muallifi professor Maykl Letko.
Hozirda yangi turdagi virus bunday qobiliyatga ega bölmagan, ammo u allaqaçon körşapalaklarning hujayralarini samarali zararlay oladi. HKU5 «muvaffaqiyatli» mutatsiyaga uçrasa, u insonning nafas oliş yöllari bilan birga, içaklarida ham köpaya oladi.
Tadqiqot davomida olimlar HKU5 virusining «spayk» oqsilini öz içiga olgan genetik modifikatsiyalangan psevdoviruslardan foydalangan. Ular ACE2 retseptorlariga ega bölgan hujayralarga — körşapalak va insonlarnikiga yuborilgan. Ma’lum mutatsiyalar yuborilgaç, virus inson hujayralariga kirişni boşlagan.
Oldinroq xitoylik olimlar HKU5 variantlaridan biri allaqaçon insonning ACE2 hujayralari bilan boğlaniş qobiliyatiga ega bölganini ma’lum qilgandi. Bu virusning taşuvçi hayvonsiz ham insonga töğridan-töğri yuqişi mumkinligini anglatadi.
Şunga qaramay, olimlarning ta’kidlaşiça, hozirda virus odamlar orasida tarqalganiga oid ma’lumotlar yöq. Ammo ular ustidan nazorat davom ettirilişi lozim, ayniqsa, Xitoyning yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilinadigan ayrim mintaqalarida, çunki u yerlarda virusning odamga «sakrab ötişi» xavfi yuqori.













