Koronavirus vahimasi: Qörquvni yengiş uçun kasallik haqida nimalarni biliş kerak?
|22:30 / 11.03.202061 1329 min
Koronavirusning sayyorada tarqalişi haqidagi ma'lumotlar yangiliklar orasida birinçi örinni egallamoqda, turli davlatlar karantin joriy etmoqda va bularning barçasi ba'zi joylarda insonlarni ğayritabiiy qarorlar qabul qilişga undayapti - masalan, köplab miqdorda hojatxona qoğozi sotib oliş yoki alkogol kasallikdan himoyalaydi deb hisoblaş.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Quyida koronavirusdan keragidan ortiqça hayiqmaslik uçun u haqida nimalarni biliş kerakligi haqida eslatib ötiladi.
Albatta, yangi xavfli infeksiyani e'tiborsiz qoldiriş mumkin emas — turli davlatlari rasmiylari virusning köpinça juda qat'iy bölgan oldini oliş çoralarini körib töğri qilişmoqda.
Ammo vahima qözğaşning ham hojati yöq. Yöriqnomalarga amal qilib, şaxsiy gigiyena haqida öylaş yaxşiroqdir.
Koronavirus nima?
Odam va hayvon organizmida kasallik uyğotuvçi viruslarning katta oilasi. Bir qança koronaviruslar nafas yöllarini kasallantiradi: oddiy şamollaş körinişidan tortib, SARS (boşqa nomi, atipik pnevmoniya)ga öxşagan oğir sindromlar keltirib çiqaradi.
Yangi aniqlangan virus COVID-19 (Coronavirus decease 2019) 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Vuhan şahrida tarqalişni boşlagan.
Hammamiz ölamizmi? Yöq
Şifokorlar Covid-19’dan ölim darajasi oddiy grippnikiga qaraganda yuqoriroq ekanligini tan olişmoqda. Ammo aniq raqamlar va boşqa tafsilotlarga e'tibor beriş zarur.
Jons Hopkins nomidagi Amerika tadqiqot universiteti koronavirus tarqalişining interaktiv va tezkor xaritasini tuzdi.
Amerikaliklar tomonidan töplangan uşbu ma'lumotlar, xususan, yangiliklarda nisbatan kamdan-kam yoziladigan tafsilotlarni eslatib turadi: virus yuqtirib olganlarning yarmidan köpi (66 mingdan ortiq kişi) allaqaçon tuzalib ketgan.
Röyxatga olingan bemorlarning taxminan 80 foizida kasallik yengil şaklda keçadi.
Çorşanba kuni tonggi holatga köra, dunyoda 121 mingdan ortiq kasallaniş holati qayd etildi (şu jumladan, Xitoyda — 81 ming), vafot etganlar soni 4 378 nafar (şu jumladan, Xitoyda — 3 159). Şunday qilib, ölim darajasi 3,6 foizni taşkil qiladi.
Koronavirus Janubiy Amerikaga yetib borgan. Suratda San-Paulu aeroporti / EPA
Vafot etganlarning aksariyati boşqa kasalliklar bilan ham oğrigan juda keksa yoşdagi odamlardir, yoşlar uçun koronavirusdan öliş xavfi nolga yaqinligi juda köp marta yozildi.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, ölim darajasini baholaşda yana bir jihatni hisobga oliş kerak. Şifokorlarning ta'kidlaşiça, ba'zi bemorlarda kasallik şu qadar yengil şaklda keçadiki, ular buni oddiy şamollaş deb öylaşadi va şifokorga murojaat qilişmaydi. Agar uşbu bemorlarni aniqlaş va sanaş mumkin bölsa, unda ölim darajasi sezilarli darajada pasayişi mumkin.
Masalan, Angliyaning boş sanitar şifokori, professor Kris Uittining sözlariga köra, agar barça bemorlar aniqlansa, uşbu mintaqadagi ölim darajasi 1 foizni taşkil qiladi.
Unda nima qiliş kerak?
Hozirgi vaqtda şifokorlarning kuzatuvlariga köra, yangi virus yaqin muloqotda havodagi tomçilar orqali yuqadi — masalan, sizdan ikki metrdan kam masofada bölgan va aksirayotgan (yoki kiçik tupuk saçratib gapirayotgan) odam sizga virusni yuqtira oladi.
Bundan taşqari, koronavirusni qattiq yuzadan yuqtiriş mumkin (eşik tutqiçi yoki metroda eskalator tutqiçi) — bunday sirtlarda u ikki kun yoki undan ham köproq yaşay oladi.
Şuning uçun şifokorlar tez-tez va kamida 20 soniya davomida qöllarni yuvişni, antiseptikdan foydalanişni va qöllar bilan yuzga teginmaslikni tavsiya qilişmoqda.
Oxirgisi aslida deyarli imkonsiz: köpçilik odamlar beixtiyor yuzlariga teginişadi, şuning uçun qöllarni tez-tez yuviş kerak.
Xitoy va Şarqiy Yevropada yanvar oyidayoq yangi virusdan qutulişda alkogol yordam beradi, degan yolğon tarqalgandi. Xabarning asossizligi öşa vaqtda isbotlangan: alkogol immunitet tizimini susaytiradi, undan faqatgina qöl va taşqi yuzalarni dezinfeksiya qilişda foydalaniş yaxşiroqdir. Faqat eritmadagi spirt konsentratsiyasi 60 foizdan iborat bölişi kerak va içimliklarda bu körsatkiç juda kam böladi.
Kasallik belgilari
Isitma, lanjlik va quruq yötal. Ba'zi kasallarda uçraydigan simptomlar: burun bitişi, tumov, muşak oğriqlari, tomoq oğriği va iç surişi. Bu simptomlar boşlanişida yengil seziladi va şiddatli bölmaydi. Virusni yuqtirib olganlarning ayrimlari yuqoridagi bu asoratlarni oğir his qilmasliklari mumkin.
Kasallanganlarning 80 foizi esa maxsus muolajalarsiz tuzalişadi. Yuqtirganlarning olti nafardan bir nafari oğir kasallanadi va nafas olişi qiyinlaşadi. Qariyalar va boşqa tibbiy muammolari bor bölgan şaxslarda yuqori qon bosimi, yurak kasalliklari va diabet kuzatiladi.
Qisqasini aytganda, yagona usul bu laboratoriya sinovidir.
Köp hollarda kasallik quruq yötal va isitma bilan boşlanadi, burun oqişi bemorlarning taxminan 5 foizidagina paydo böladi.
Köplab mamlakatlardagi şifokor va rasmiylar özida Covid19’ga şubha uyğongan insonlardan kasalxonaga borişni emas (heç kimga yuqtirmaslik uçun), balki ularga qönğiroq qilişni tavsiya qilişmoqda yoki qat'iy söraşmoqda.
Vaksina qaçon paydo böladi?
Olimlar bor kuçlarini sarflaşmoqda, ammo yangi dorilarni yaratiş va sinovdan ötkaziş tartibi şundayki, vaksina kamida bir yildan söng tayyor böladi.
Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, u vaqtga borib hozirgi avj oliş töxtagan böladi.
Ammo vaksina kasallikni oldini oluvçi vosita va u yöq bölgan hozirgi vaqtda şifokorlar viruslarga qarşi mavjud preparatlar bemorlarga qanday ta'sir qilişini örganişmoqda. Kelgusi bir neça haftada yetarli miqdordagi ma'lumotlar töplanişi bilan şifokorlar eng kamida Covid-19 keçişi nisbatan oğir ötayotgan bemorlarni nima bilan davolaş yaxşiroq bölişini tuşunişga imkon tuğilişiga umid qilişmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotidan batafsil körsatmalar:
1. Qölni muntazam sovun bilan yuviş yoki spirtli salfetkalar bilan artiş.
Nima uçun? Sovunli suv yoki spirt moddasi viruslarni tez öldiradi.
2. Aksirayotgan yoki yötalayotgan odamga bir metr masofada yaqin bölmaslik.
Nima uçun? Virusni yuqtirgan bemor aksiriş yoki yötaliş orqali havoga virusli tomçilarni soçadi va unga yaqin turgan boşqa inson bu tomçilar bilan nafas olib virus yuqtirişi mumkin.
3. Köz, burun va oğizga qöl bilan tegmaslikka uriniş.
Nima uçun? Qöl tekkan joyga virusli tomçilar yopişgan bölişi mumkin. Qölga yopişgan virusli tomçilar köz, oğiz va burun orqali kişining içiga kirib olişi va butun organizmni kasallantirişi mumkin.
4. Özingiz va atrofingizdagi odamlar yötalayotganida va aksa urayotganida oğiz va burunlarini daströmol, salfetka yoki yenglari bilan yopişi kerak.
Nima uçun? Bu respirator gigiyenasi bölib, oğizdan soçilayotgan virusli tomçilarni havoga saçratmaslikka urinişni anglatadi.
5. Virus kasalligi simptomlarini özingizda sezsangiz, uydan çiqmasdan, şifokorga xabar bering va tibbiy xodimlarning tavsiyalariga amal qiling.
Nima uçun? Milliy va mahalliy tibbiy mutasaddilar yaşaş joyingizdagi vaziyatni bilişadi. Telefon orqali xabar bersangiz, tibbiy xodim aniq körsatma berib turadi. Bundan taşqari, siz virus tarqalişi oldini olgan bölasiz.
Nima uçun? «Bilim kuçdir» tamoyili bu vaziyatda juda qöl keladi. Işonçli manbalarda virusning tarqaliş vaziyati, tahlikalar, simptomlar, profilaktik va davolaniş muolajalari haqida xabarlar berib boriladi.
7. Covid19 eng köp tarqalgan hududlar haqida xabardor bölib turing va u yerlarga borişdan tiyiling, ayniqsa, yoşi kattalar va diabet, yurak, öpka kasalliklari bor insonlar bundan saqlanişi lozim.
Nima uçun? Virus tarqalgan hududlarda kasallikni yuqtirib oliş ehtimoli yuqori böladi.
8. Agar virus tarqalgan yurtlarning biridan qaytgaç, 14 kun içida tanangiz harorati 37.3 yoki bundan balandroq bölsa, yoki tumov asoratlarini sezsangiz, mutlaqo tuzalib ketmaguningizgaça uydan çiqmang. Öta zarur holatlarda, masalan, oziq-ovqat oliş uçun, oğiz va burningizni yopadigan tibbiy niqob taqib taşqariga çiqing.
Nima uçun? Boşqalar bilan uçraşib yuriş va hatto tibbiy muassasalarga qatnaşdan tiyiliş kasallik keng tarqalişi oldini oladi.
9. Agar holatingiz oğirlaşib borsa, masalan, istima tuşmasligi, yötal va nafas olişi qiyinlaşi kuzatilsa, mahalliy tibbiy xizmatga xabar bering va ularga yaqin orada qaysi mamlakatlarga borib kelganingiz yoki kaysi çet mamlakatlarga çiqib kelgan odamlar bilan muloqotda bölganingiz haqida xabar bering.
Nima uçun? Tibbiy xodim sizga tezkor muolaja körsatmalarini beradi va bu çora kasallikning keng tarqalişi oldini oladi.