Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» respublika bo‘ylab yo‘lovchi tashish faoliyatini to‘xtatdi
Hukumat maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Foto: KUN.UZ
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, ushbu tartib kompaniyaning yo‘lovchi tashish faoliyatiga tatbiq etilib, rejadagi reyslar bekor qilingan.
«Xarid qilingan chiptalar temir yo‘l kassalarida qaytarib olinadi hamda chipta pullari hech qanday foiz ushlanmasdan, o‘rnatilgan tartibda va belgilangan muddat ichida qaytarib berilishi kafolatlanadi. Elektron chiptalarni esa https://e-ticket.railway.uz saytidagi «shaxsiy kabinet» orqali qaytariladi», – deyiladi kompaniya rasmiy axborotida.
Ta'kidlanishicha, temir yo‘l qatnovlari Toshkent shahridan boshlanishi hisobiga boshqa hududlari orasidagi qatnovni ham amalga oshirish imkoniyat yo‘q.
Yo‘lovchi poyezdlarning harakati yo‘lga qo‘yilishi haqida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon beriladi.
Ma'lumot uchun, ushbu tartib kompaniyaning temir yo‘l orqali yuk tashish faoliyatiga ta'sir qilmaydi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025