2020 yil 24 martdan boşlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi respublika içidagi barça aviaqatnovlar noma'lum muddatga bekor qilinişi haqida xabar berdi.

Aviakompaniya mijozlardan uşbu vaziyatni tuşunişni söragan, şuningdek, qatnovlar qayta tiklanganidan keyin aviaçiptalarni istalgan sanaga qayta bron qiliş imkoniyati mavjudligi haqida eslatib ötgan.

“Sizga keyingi özgarişlar haqida xabar berib turamiz. Yangiliklarni uzairways.com veb-saytida, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring”, - deyiladi aviakompaniya ma'lumotida.

Bundan oldin, Toşkent şahriga har qanday transportda kiriş va çiqiş töxtatilişi aytilgandi.