22:15 / 24.03.2020
7316
«Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga bir kunda 5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga bir kunda 5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushdi.

Doniyor Alimov / Foto: Kun.uz

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Doniyor Alimov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Avvalo shuni aytish kerakki, ushbu fond oldindan mavjud bo‘lib, mehr va shafqatga, e'tiborga muhtoj odamlarga, bemorlarga yordam berib kelayotgan edi. Shu yo‘l orqali ko‘plab yordamga muhtoj bemorlarning sog‘ayishiga, ularni yana hayotga qaytishiga hissa qo‘shildi.

Butun dunyoda va mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi va ushbu kasallikka chalinganlarni davolash ishlari davom etayotgan shu kunlarda qator saxovatpesha fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz, davlat va nodavlat tashkilotlari yurtimizda boshlangan ana shunday xayrli ishlarni qo‘llab-quvvatlab, bu ezgu ishda o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Shunisi e'tiborliki, bir kunda ushbu fond hisob raqamiga 5 milliarddan oshiq mablag‘ kelib tushdi. Bu raqamning o‘zi xalqimizning bag‘ri kengligini, eng sinovli paytlarda biriga suyanch, tayanch ekanligini ko‘rsatib bermoqda», – dedi Doniyor Alimov 24 mart kungi brifingda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top