Yevropa investitsiya banki (YeIB)ning uşbu maqsadli jamğarmasi Ukraina banklari va korxonalariga grantlar hamda kreditlar, şuningdek kafolatlar taqdim etişi rejalaştirilgan.
Reuters agentligi xabariga köra, Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatdan 16 tasi uşbu fondni moliyalaştirişda iştirok etişga rozi bölgan.
Ötgan yili YeIB Ukrainaga maktablar, şifoxonalar, ijtimoiy uy-joylar, bolalar boğçalari va şahar transportini moliyalaştiriş uçun 1,7 milliard yevro ajratdi. Bu yil Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro yuboradi. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi 2024 yildan 2027 yilgaça Kiyevga 50 milliard yevro ajratiş majburiyatini oldi.
Germaniya Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça yangi jamğarmani moliyalaştirişda iştirok etişdan boş tortdi va bu mamlakatga moliyaviy yordamini YeI budjeti orqali yönaltirişni afzal körişini ta’kidladi.

















