Rossiya sudi tomonidan 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan muxolifatçi siyosatçi Vladimir Kara-Murzaning tarafdorlari 17 aprel, duşanba kuni rossiyalik siyosiy mahbuslar va ularning oilalariga «siyosiy qaraşlari va diniy e’tiqodidan qat’i nazar»yordam körsatuvçi «30 oktabr fondi» işini boşladilar. 

Uşbu işning maqsadlarini Kara-Murzaning özi tasvirlab bergan. Uning sözlari siyosatçining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tarqaldi: «Hozirgi Rossiyada allaqaçon sovet hokimiyatining sönggi yillariga qaraganda yuzlab siyosiy mahbuslar bor, ularning barçasi aybsiz qamalgan, faqat e’tiqodlari hokimiyatning rasmiy çiziğiga töğri kelmagan. Davlat qatağonlari qurbonlariga ularning yaqinlari, tirikçilik vositalarisiz qolgan oilalari, farzandlari ham aylandi. Bizning Fond ularni qöllab-quvvatlaş uçun yaratilgan».

Qayd etilişiça, fond boşqaruvi tarkibiga Rossiya va xorijdan taniqli jamoat arboblari, huquq himoyaçilari kiradi. Kara-Murza tarafdorlari öz ismlarini keyinroq fond saytida e’lon qilişga va’da berişdi. Rossiyalik muxolifatçining rafiqasi Yevgeniya Kara-Murza boşqaruv raisi böldi.

«30 oktabr fondi» budjetiga birinçi hissa Vladimir Kara-Murzaga 2022 yilda Yevropa Kengaşi tomonidan berilgan Vatslav Havel mukofoti va Axel Springer Stiftung jamğarmasining Jasorat mukofoti doirasida olingan 90 ming yevrolik mablağ böldi.

«Fondning pirovard va asosiy maqsadi - özini özi tugatiş. Rossiyada siyosiy mahbuslar qolmaganida bunga erişiladi. Ungaça biz begunoh ta’qibga uçraganlarning oilalari qöllab-quvvatlovsiz qolmasligi uçun hamma narsani qilamiz», deya ta’kidlaydi Vladimir Kara-Murza tarafdorlari.