Spot'ning «Kapital» naşri tayanib xabar berişiça, moliyaviy taşkilotning ustav fondi 500 million dollarni taşkil etadi, u har birining nominal qiymati 50 000 dollar bölgan 10 000 ta aksiyaga bölinadi.

Öz navbatida, aksiyalar tölanadigan va jalb qilingan bölinadi. Tölanadigan aksiyalarning umumiy nominal qiymati 350 million dollarni, jalb qilingan aksiyalarniki esa 150 million dollarni taşkil etadi. 

Özbekiston öz ixtiyoriga investitsiya fondining 2 000 boşlanğiç aksiyasini oladi, biroq 70 million dollar tölaşi kerak. 

Özbekistonning dastlabki hissasi 5 million dollarni taşkil etadi, u inauguratsion yiğilişdan keyin 90 kun içida kiritilişi kerak. Keyingi tölovlar uç qismga bölinadi. Barça tölovlar AQŞ dollarida amalga oşiriladi. 

Boş ştab-kvartirasi Istanbulda joylaşgan Turkiy investitsiya fondi 20 yilga tuziladi va xalqaro moliya taşkiloti maqomiga ega böladi. Biroq, boşqaruv kengaşi fondni kengaytiriş yoki yopiş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin. 

Investitsiya fondi tuzilmasi boşqaruv kengaşidan taşqari, prezident, boşqaruv kengaşi tomonidan tört yil muddatga tayinlanadigan boş direktor va xodimlardan iborat böladi.