11:32 / 27.03.2020
13395
Jamshid Qo‘chqorovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari  lavozimida ishlagan Ilhom Norqulov vazir Jamshid Qo‘chqorovga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

Ilhom Norqulov

Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining birinchi o‘rinbosari etib Ilhom Norqulov tayinlandi. U shu paytgacha Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelgan. 

Ayni paytda Iqtisodiyot va sanoat vazirligidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga aylantirilgan idorada ikki nafar vazirning o‘rinbosari tayinlanishi kutilmoqda. Shulardan biri Ilhom Norqulov bo‘ladi. 

Ma'lumot uchun, Markaziy bankda Norqulov o‘rniga raisning o‘rinbosari Botir Zohidov tayinlangan. 

Ilhom Norqulov 2018 yilning aprel oyidan Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2019 yil mayida Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Top