Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlisdan tugab borayotgan 2022 yilgi davlat budjeti haqidagi qonunni özgartirişni söradi. Qonunçilik palatasi 19 dekabr kungi yalpi majlisida bunga rozi böldi.

Majlisda çiqiş qilgan moliya vaziri Temur Işmetovning aytişiça, eksport qilinadigan mamlakatlarda mahalliy avtosanoat korxonalari tölaydigan transport xarajatlarini qoplaş maqsadida Iqtisodiyot vazirligiga 224,5 mlrd söm mablağ ajratiş közda tutilgan.

Deputat Doniyor Ğaniyev bunga e’tiroz bildirdi. Uning sözlariga köra, qonun loyihasi böyiça deputatlarga berilgan tuşuntiriş xatida ajratilayotgan mablağlar transport xarajatlarini emas, avtomobillar eksport qilinayotgan mamlakatlarda undiriladigan utilizatsiya yiğimlarini qoplaş uçun deb yozilgan.

“Hozirgi iqtisodiy holat fiskal xarajatlarimizni tartibga solişni, optimallaştirişni talab etyapti. Çunki iqtisodiy ösiş yil boşidagiday emas. Qolaversa, asosiy eksport qiladigan mahsulotlarimizning narxi tuşgan. Geosiyosiy vaziyatni hammamiz bilib turibmiz. Xarajatlarimizni optimallaştiriş talab etilayotgan vaziyatda, eksport bilan şuğullanayotgan 2ta monopol kompaniyani (UzAuto Motors va SamAuto nazarda tutilmoqda – tahr.) subsidiya bilan qöllab-quvvatlayapmiz. Eng yomoni, bu mablağlar bilan eksport amalga oşirilayotgan davlatlar aholisining çöntagiga töğridan töğri pul solyapmiz. Ya’ni utilizatsiya yiğimini qoplab beriş orqali eksportga yönaltirilayotgan avtomobilning rossiyalik yoki belaruslik xaridor uçun arzon bölişini ta’minlayapmiz. Bu qançalik töğri va ustuvor?” deya savol qöydi Ğaniyev.

Doniyor Ğaniyev / Majlis translatsiyasidan kadr

Timur Işmetov deputatning savoliga “Özavtosanoat” vakillari javob berişi kerakligini aytib, ularni izladi, lekin majlisda kompaniya vakillaridan na oflayn, na onlayn heç kim qatnaşmayotgani oydinlaşdi.

Şundan keyin iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov söz olib, holatga izoh berdi.