2024 yilgi budjet qonuni loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgani munosabati bilan iqtisodiyot va moliya vazirligi jurnalistlar uçun matbuot anjumani ötkazdi.

Unda vazir örinbosari Ilhom Norqulov suv masalasi dolzarblaşib borayotgani va bu boradagi 2024 yilgi rejalar haqida ma’lumot berdi.

“Markaziy Osiyoda, körib turibmiz, suv dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bu sohada eng katta imkoniyatimiz kanallarni betonlaştiriş. 1000 km deb aytdik, bu yerda ham budjet mablağlari közda tutilyapti, ham xalqaro moliyaviy institutlarning imtiyozli mablağlaridan jalb qilib tezroq kanallarni betonlaştirib, 30-40 foizgaça suv yöqotilişining oldini olişimiz kerak”, - dedi u.

Uning ta’kidlaşiça, bu borada xitoylik investorlar bilan muzokaralar olib borilyapti. Ular ham öz moliyaviy resurslari orqali quriliş işlariga yordam beradi.

Ma’lumot uçun, 2024 yilgi budjet qonuni loyihasida içimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantiriş dasturiga muvofiq, içimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş, şuningdek loyiha-tadqiqot işlarini moliyalaştiriş uçun 1,2 trln söm ajratiş közda tutilgan.

Avvalroq, içimlik va oqova suv ta’minoti bosqiçma-bosqiç xususiylaştirilişi ma’lum qilingandi. Prezident qaroriga köra, 2024 yil 1 yanvardan içimlik suvi va oqova suvni çiqarib yuboriş narxi mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantiriş, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy tölovlardan kelib çiqib şakllantiriladi.