16:07 / 27.03.2020
7247
Senatorlar va bojxonachilar «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga mablag‘ o‘tkazdi

Mablag‘lar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va uni qisqa fursatlarda bartaraf etishga xizmat qiladi

Foto: KUN.UZ

Bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida muhim choralar ko‘rmoqda.

Shu kunlarda mamlakatdagi barcha soha vakillari mazkur pandemiyaga qarshi kurashishda yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilmoqda.

Jumladan, vatandoshlar “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondining hisob raqamlariga jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan o‘z hissalarini qo‘shishyapti.

Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, Senat a'zolari ham bu ezgu ishda faol qatnashib, xalq salomatligi yo‘lida befarq bo‘lmayapti.

Senatorlar ushbu fondga mablag‘ o‘tkazib, o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

O‘z o‘rnida, ushbu mablag‘lar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va uni qisqa fursatlarda bartaraf etishga xizmat qilishi borasida senatorlar tomonidan parlament nazorati ham olib boriladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top