16:45 / 05.04.2020
7625
Bitiruvchi o‘rniga robot: Tokiodagi universitet innovatsion diplom topshirish marosimini o‘tkazdi

Yaponiyadagi BBT universiteti COVID-19 pandemiyasi davrida karantin qoidalarini buzmay bitiruv marosimini o‘tkazishning ajoyib texnologik yo‘lini topdi.

Foto: BBT University

Universitet rasmiy saytida xabar qilinishicha, marosimda robotlardan foydalanilgan: to‘rt nafar bitiruvchi (ikki bakalavr va ikki magistr) uydan turib masofadan bu robotlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Robotlarga bitiruvchilardek kiyim kiygizilib, yuz qismiga displey joylangan va u onlayn tarzda bitiruvchining vebkamerasiga ulangan. Robotlarni masofadan turib boshqargan talabalar ular vositasida diplomlarini tantanali tarzda qabul qilib olishgan.

Foto: BBT University
Diplomlarni universitet rektori Omaye Kenichi topshirdi.
Foto: BBT University
Foto: BBT University

Qolgan bitiruvchilar esa marosimni ZOOM orqali onlayn kuzatib, fikrlari bilan o‘rtoqlashishgan.

Foto: BBT University

28 mart kuni Tokiodagi mehmonxonalardan birida o‘tgan tadbirda newme robotlaridan foydalanilgan. Bitiruvchilar marosimdan keyin ushbu robotlar orqali intervyu ham berishgan.

Foto: BBT University
Foto: BBT University

Ma'lumot uchun, BBT (Business Breakthrough) universiteti biznes boshqaruvi sohasidagi kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan.

Top