23:08 / 06.04.2020
3327
Skype ro‘yxatdan o‘tmasdan qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etdi

Suhbatda 50 kishigacha ishtirok etishi mumkin. Qo‘ng‘iroqlar vaqti cheklangan kuniga 10 soatdan ortmasligi va bitta konferensiya to‘rt soatdan ortiq davom etmasligi lozim.

Foto: Getty Images

Skype yangi Meet Now opsiyasini taqdim etdi: foydalanuvchilar 3 apreldan xizmatda ro‘yxatdan o‘tmasdan va ilovani ko‘chirib olmasdan ham tanishlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.  

Konferensiya tashkil qilish uchun servis saytida havola hosil qilish va ushbu havolani qatnashchilarga jo‘natish kerak bo‘ladi. Agarda foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, qo‘ng‘iroq brauzer orqali, ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, dastur orqali amalga oshiriladi.

Suhbatda 50 kishigacha ishtirok etishi mumkin. Qo‘ng‘iroqlar vaqti cheklangan kuniga 10 soatdan ortmasligi va bitta konferensiya to‘rt soatdan ortiq davom etmasligi lozim.

Havola suhbat tugaganidan keyin ham faol bo‘lib turadi. Qo‘ng‘iroq yozuvi va suhbat ishtirokchilari uzatgan fayllar 30 kun saqlanadi. 

Top