Skype, Nokia va GitHub xaridi fonida boshqa kompaniyalar taqdirini yodga olamiz.

4 iyun kuni Microsoft kodni saqlash va birgalikda dasturlar ustida ishlash uchun mo‘ljallangan mashhur servis GitHub’ni sotib olganini rasmiy ravishda e'lon qildi. Kam uchraydigan vaziyat – kompaniya hatto kelishuv summasini ham oshkor etdi: u 7,5 millard dollarga teng.

Dastur ishlab chiqaruvchilari orasida ular tomonidan yaratilgan dasturlarni saqlash uchun servisning oltin standartiga GitHub’ning kelajakdagi taqdiri borasida xavotir paydo bo‘la boshladi. GitHub kod ochiq holda ishlatilganida uni bepul saqlash – ya'ni open-source (ochiq manba) tamoyiliga rioya qilardi. Kelishuvdan keyin  servisni tark etadigan asoschilardan biri Kris Vonstretning o‘rniga keladigan yangi rahbar Nat Fridman ochiq manba tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi, degan fikr mavjud. Microsoft tarixida kompaniya ochiq manbaa dastur ishlab chiqaruvchilariga zug‘um o‘tkazgan holatlar kam emas. Masalan, dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi SCO hamda  Linux’dagi qurilmalar, masalan IBM, Novell va Daimler Chrysler kabi turli kompaniyalar o‘rtasidagi sud mojarosini yashirincha moliyalashtirgan.

O‘zining qirq yildan ortiq tarixi davomida Microsoft ikki yuzdan ortiq kompaniya va servislarni xarid qilgan. Biroq ko‘pincha bundan keyin ularning mahsuloti foydalanuvchilar uchun yaxshi bo‘lmagan tomonga o‘zgargani tanqid qilingan. Korporatsiya tomonidan Nokia, Skype, LinkedIn, Hotmail va boshqa kompaniyalar sotib olingach, ularga nima bo‘lganini yodga olamiz.

Ilk xarid qilingan kompaniyalar

Microsoft tomonidan ilk sotib olingan kompaniya Forethought bo‘lgan. U taqdimotlarni yaratish va o‘tkazishni ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik Power Point nomi bilan mashhur bo‘ldi. Microsoft  Forethought uchun 14 million dollar to‘lagan.

1997 yilda redmondlik korporatsiya Hotmail servisini yarim milliard dollarga xarid qildi. Dastlab u MSN servisiga birlashtirildi, hozir esa u Windows Live’ning bir qismi sanaladi.

Foto: Hotmail
Hotmail’ning Microsoft’gacha bo‘lgan tarixi

2000 yilda Microsoft o‘sha davr uchun yana bir yirik bitimni imzoladi. Visio kompaniyasini 1,3 milliard dollarga sotib oldi. U blok-chizma va diagrammalarni yaratish uchun Visio nomli ilovani yaratish bilan shug‘ullangan. Bu mahsulot Office  paketi tarkibida Microsoft’ga hozirgi kunga qadar millionlab dollar keltiradi.