Vazirlik ma’lumotiga köra, faoliyati çeklangan tarmoqlar reyestriga kiritilgan boşqa servislardan foydalanişni ham bosqiçma-bosqiç tiklaş işlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun, hozirgi vaqtda reyestrda törtta servis qolmoqda: Twitter, TikTok, «VKontakte» va WeChat.
Özbekistonda Skype messenjeridan foydalaniş bilan boğliq muammolar 2015 yilda kuzatila boşlangandi.
2021 yilning iyul oyi boşida Özbekistonda Twitter va TikTok'ka çeklov qöyilib, “Özkomnazorat” Özbekiston fuqarolarining şaxsga doir ma’lumotlariga qonunga zid ravişda işlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş çeklangani haqida bayonot bergandi.
2021 yil 16 apreldan boşlab “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi qonunga yangi qöşilgan 27-1 modda kuçga kirgan. Bu moddaga köra, Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma’lumotlar jisman Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlanişi talab qilinmoqda.













