21:15 / 16.04.2020
4590
Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finali avgust oyida o‘tkazilishi mumkin

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining final o‘yini sanasi koronavirus pandemiyasi tufayli avgust oyiga ko‘chirilishi mumkin.

Foto: Shutterstock

The Telegraph xabariga ko‘ra, UYeFA Chempionlar Ligasi chorakfinal bahslarini 28-29 iyul kunlari, yarimfinallarni avgust oyida, finalni 29 avgust kuni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Yevropa Ligasi finali esa 26 avgust kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu sanalar UYeFA a'zolari bilan muhokama qilinyapti.

UYeFA yevrokubok o‘yinlarini milliy chempionatlar davom etayotgan pallada o‘tkazishga qarshi emas. Biroq, ko‘pgina klublar oldin milliy chempionatlarni yakunlab, keyin yevrokuboklarda ishtirok etishni istayaptilar. Yevrokuboklarning qolgan o‘yinlarini avgustda o‘tkazib olish esa bunday imkoniyatni beradi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top