16:17 / 17.04.2020
7708
Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatda koronavirus epidemiyasi jilovlanganini ma'lum qildi

Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan koronavirus epidemiyasi sababli joriy etilgan karantin choralari ijobiy samara berganini ma'lum qildi.

Foto: dpa

"Bugungi kundagi ma'lumotlarga ko‘ra, epidemiya nazorat ostida va yanada kuchliroq nazoratga olindi", - dedi u.

Shpan Germaniyada mart oyi o‘rtalarida kiritilgan keskin choralarni "to‘liq tormozlanish" deb atadi.

"Endilikda bu choralar muvaffaqiyat keltirdi deb ayta olamiz", - deya qayd etdi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasallik yuqtirish holatlari kamaymoqda. Shu bilan birga, 12 apreldan buyon kasallik yuqtirganlardan ko‘ra sog‘ayganlar soni kuniga oshmoqda.  

May oyidan boshlab kasalxonalar odatiy ish rejimiga qaytadi.  

Yyens Shpanning aytishicha, Germaniyada 1,7 mln kishi koronavirusga tekshirilgan. Mamlakatda haftasiga 350 mingga yaqin test o‘tkazilmoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 138 mingdan ortiq bo‘lib, 4100ga yaqin kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top