22:25 / 18.04.2020
6325
Tailandlik olimlar koronavirus vafot etgan odamdan ham yuqishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi

Koronavirus asosan havo-tomchi yo‘li orqali, bemor yo‘talganda yoki aksirganda, hattoki gapirganda yuqadi.  

Foto: AP Photo / Xinhua/Xiao Yijiu

Tailandlik olimlar koronavirusning vafot etgan odamdan yuqishi bilan bog‘liq ilk holatni qayd etishdi, deb xabar bermoqda ABC News.

Qayd etilishicha, kasallikka chalingan shaxs sud tibbiy eksperti bo‘lib ishlagan va koronavirusdan vafot etgan bemorning jasadini o‘rganish chog‘ida koronavirus yuqtirgan.  

Koronavirus asosan havo-tomchi yo‘li orqali, bemor yo‘talganda yoki aksirganda, hattoki gapirganda yuqadi.  

Sud tibbiy ekspertlari milliy assotsiatsiyasi patologanatomlar biologik suyuqliklar bilan ishlaganliklari sababli  kasallik yuqishi mumkin deb hisoblamoqda.

Ekspertlar shifokorlar hamda bemorlar va vafot etganlar bilan ishlaydiganlar bu holatni ham inobatga olishlari lozimligini ta'kidlashmoqda. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tailandda koronavirusga chalinganlar soni 2700dan ortiq bo‘lib, 47 kishi vafot etgan.

Top