23:48 / 20.04.2020
6038
Nyu-York okrugi aholisi JSST ustidan sudga jamoaviy arz qildi

AQShning koronavirusdan eng ko‘p jabrlangan okruglaridan biri - Nyu-York okrugi vakillari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini koronavirus haqida ma'lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qilmaganlikda ayblab, tashkilot ustidan sudga jamoaviy arz topshirdi.

Bu haqda Independent nashri xabar berdi. 

“Kling va boshqalar JSSTga qarshi” deb nomlangan ish AQShning Nyu-York okrugi sudiga Uestchester okrugida yashovchi Richard Kling, Nyu-Roshelldan Stiv Rotker va Skersdeyldan Jyennaro Purchia tomonidan topshirilgan.

Da'vo arizasiga ko‘ra, JSST mas'uliyatsizlikda ayblangan. Arzchilar jamoaviy arzning bir qismi bo‘ladigan, okrugning 756 ming katta yoshli kishisiga yetkazilgan ziyonning qoplanishini talab qilishmoqda.

Ta'kidlanishicha, Nyu-Roshell okrugi AQShda koronavirus tarqalishining eng erta o‘choqlaridan biri bo‘lgan. 

18 aprel holatiga ko‘ra, pandemiya vaqtida Uestchesterda 23 mingdan va Nyu-York shtatida 242 mingdan ko‘proq kishida koronavirusga test ijobiy natija bergan.

Top