17:08 / 23.04.2020
13831
«E-IJRO AUKSION»: 1300 dan ziyod yer uchastkasi savdoda turibdi

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Shulardan biri sifatida  «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning sotilishi yo‘lga qo‘yilganini e'tirof etish mumkin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» bergan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar tadbirkorlik faoliyati uchun 8 mingga yaqin yer uchastkalariga bo‘lgan huquq elektron onlayn auksionlar orqali sotilgan bo‘lsa, mart-aprel oylarida esa 500 dan ortiq yer uchastkalari realizatsiya qilindi. Kundan kunga aholi orasida elektron auksionda ishtirok etishga bo‘lgan talab oshmoqda.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida  «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasi orqali mulklarni sotib olishga bo‘lgan qiziqish anchayin ortganini elektron auksionlarda uyda o‘tirib ham ishtirok etish mumkinligi, barcha jarayonlar elektronlashtirilgani, hattoki g‘oliblik bayonnomasining QR-kod bilan himoyalangan holda ishtirokchiga elektron shaklda yuborilishi yo‘lga qo‘yilgani bilan bilan izohlash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4427-sonli qaroriga asosan o‘rnatilgan yangi tartibga ko‘ra endilikda, xaridor yer uchastkasini auksionda olganidan so‘ng qurilish talablari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash uchun sarson bo‘lmaydi, barcha texnik shartlar auksionga qadar tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra yer maydoni auksion g‘olibiga berilgan bayonnoma orqali tuman yoki shahar hududiy kadastr bo‘limlarida rasmiylashtiriladi, bunda avvalgidek hokim qarorini chiqarish talab etilmaydi.

Hozirgi vaqtda e-auksion.uz savdo maydonchasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tadbirkorlik faoliyatini olib borish imkoniyatini beruvchi 1,3 mingdan ortiq yer uchastkalari savdoga chiqarilgan bo‘lib, quyida ularning ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin.

Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 23-mavze, 388-sonli MTM yonida

  • Baholangan narxi: 291 mln.so‘m
  • Auksion o‘tkazish vaqti: 05.05.2020
  • Yer uchastkasining maydoni (ga): 0.04
  • Kiritiladigan investitsiya miqdori: 2,5 mlrd.so‘m

Batafsil ko‘rish: e-auksion.uz/lot-view?13&lot_id=197078

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Dumaloq MFY

  • Baholangan narxi: 10 mln.so‘m
  • Auksion o‘tkazish vaqti: 04.05.2020
  • Yer uchastkasining maydoni (ga): 0.0355
  • Kiritiladigan investitsiya miqdori: 50 mln.so‘m

Batafsil ko‘rish: e-auksion.uz/lot-view?16&lot_id=196434

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, Polvontepa MFY, Boyaka qishlog‘i

  • Baholangan narxi: 2,8 mln.so‘m
  • Auksion o‘tkazish vaqti: 06.05.2020
  • Yer uchastkasining maydoni (ga): 0.06
  • Kiritiladigan investitsiya miqdori: 600 mln. so‘m

Batafsil ko‘rish: e-auksion.uz/lot-view?25&lot_id=197615

Xorazm viloyati, Urganch tumani, Bekobod QFY, Zargarlar MFY

  • Baholangan narxi: 2,4 mln.so‘m
  • Auksion o‘tkazish vaqti: 04.05.2020
  • Yer uchastkasining maydoni (ga): 0.04
  • Kiritiladigan investitsiya miqdori:
  • Kiritiladigan investitsiya miqdori: 400 mln.so‘m

Batafsil ko‘rish: e-auksion.uz/lot-view?61&lot_id=196543

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Juyjangal MFY

  • Baholangan narxi: 2,2 mln.so‘m
  • Auksion o‘tkazish vaqti: 30.04.2020
  • Yer uchastkasining maydoni (ga): 0.0024
  • Kiritiladigan investitsiya miqdori: 150 mln.so‘m

Batafsil ko‘rish: e-auksion.uz/lot-view?31&lot_id=195644


Siz ham elektron onlayn auksionda yer uchastkasini xarid qilish uchun qulay fursatdan foydalangan holda, uyingizdan turib onlayn savdolarda qatnashing.

«Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK PR-xizmati

Top