18:42 / 25.04.2020
7303
JSST koronavirusga nisbatan immunitet paydo bo‘lishi haqidagi taxmin hozircha tasdiqlanmaganini bildirdi

O‘tgan haftada Chili hukumati koronavirusdan sog‘aygan fuqarolarga guvohnoma berishni boshlashi xabar qilingandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, ularda kasallikka nisbatan immunitet hosil bo‘ladi, ular kamida bir yil davomida koronavirus tashuvchilari bo‘lishmaydi.

Foto: Yves Herman / Reuters

Koronavirusdan sog‘ayganlarda unga nisbatan immunitet paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariya hali tasdiqlanganicha yo‘q. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonotida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Reuters.

Qayd etilishicha, SARS-CoV-2 koronavirusidan antitanachalarga ega bo‘lganlarning undan himoyalanganligi hozircha tasdig‘ini topmagan. JSST shu bois jahon mamlakatlarini sog‘ayganlar uchun «immunitet pasportlari» joriy etishdan ogohlantirdi. Tashkilotning bildirishicha, bunday amaliyot infeksiya tarqalishi xavfini oshirishi mumkin.

O‘tgan haftada Chili hukumati koronavirusdan sog‘aygan fuqarolarga guvohnoma berishni boshlashi xabar qilingandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, ularda kasallikka nisbatan immunitet hosil bo‘ladi, ular kamida bir yil davomida koronavirus tashuvchilari bo‘lishmaydi.

Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 2,82 milliondan oshgan, 197,5 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top