20:08 / 26.04.2020
9644

Saudiya Arabistonida komendantlik soati qisman bekor qilindi  

Saudiya Arabistoni podshohi Makka va bir qator izolyatsiya qilingan hududlardan tashqari podshohlikning barcha hududlarida 26 apreldan 13 maygacha komendantlik soatini qisman bekor qilishni buyurdi.

Foto: AFP

Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi

Avvalroq Saudiya Arabistoni rahbariyati koronavirus sababli kiritilgan komendantlik soatini Ramazon oyida qisqartirishga ruxsat bergandi.

Ta'kidlanishicha, buyruqqa ko‘ra, podshohlikning barcha hududlarida komendantlik soati soat 9dan 17gacha amal qiladi. Biroq Makka va boshqa izolyatsiya qilingan hududlarda 24 soatlik komendantlik soati saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, ko‘rsatilgan davr ichida tijoriy va iqtisodiy faoliyat tiklanadi. Gap chakana va ulgurji do‘konlar hamda savdo markazlari haqida bormoqda. Qurilish kompaniyalari va zavodlar ham ushbu davr ichida faoliyatini qayta boshlashi va uni vaqt cheklovlarisiz amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top