23:27 / 26.04.2020
10042
Saudiya Arabistonida voyaga yetmagan jinoyatchilarni qatl etish jazosi bekor qilindi

Saudiya Arabistonida voyaga yetmagan jinoyatchilarga o‘lim jazosi berilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda qirolning farmoniga asoslanib inson huquqlari bo‘yicha komissiya (HRC) xabar berdi.

Foto: elbadil.com

Komissiyaning bildirishicha, endilikda voyaga yetmagan vaqtida sodir etgan jinoyati uchun o‘lim jazosiga hukm qilinganlar qatl etilmaydi. Buning o‘rniga ular 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etiladi, dedi HRC Avvod Alavvod.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qirollikda «ancha zamonaviy jinoyat» kodeksi shakllanishiga xizmat qiladi va uning inson huquqlari sohasida islohotlar o‘tkazish istagini namoyish etadi. 

Alavvod mazkur qaror ortidan boshqa islohotlar ham o‘tkazilishiga va'da berdi.

Amnesty International hisobotiga ko‘ra, 2019 yilda Saudiya Arabistonida 184 kishi qatl etilgan.

Avvalroq Saudiya Arabistonida darra bilan jazolash bekor qilingani xabar qilingandi.  

Top