Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni darra urib jazolashdan voz kechmoqda
Saudiya Arabistoni Oliy sudi hujjatiga asoslanib, xabar tarqatayotgan Reuters’ga ko‘ra, arablar darra urib jazolashdan voz kechmoqda.
Foto: REUTERS / Huseyin Aldemir
Qirol Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud va uning o‘g‘li, valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon Ol Saud tomonidan o‘tkazilayotgan inson huquqlari sohasidagi islohotlar doirasida shunday qarorga kelingan.
Jinoyatchilarga endi darra urish o‘rniga jazoning boshqa ko‘rinishlari qo‘llaniladi: jarimalar yoki ozodlikdan mahrum etish. Reuters’ning qayd etishicha, shariat qonun-qoidalariga to‘g‘ri keladigan huquq tizimining tartibga solinmaganligi qozilarning diniy matnlarni o‘zlaricha talqin qilishiga zamin yaratgan. Shu sababli darra urib jazolash qo‘llaniladigan jinoyatlar doirasi juda keng bo‘lgan.
Huquqni himoya qilish tashkilotlari shilqimlik qilish, jamoat joylarida mast holda bo‘lish kabi holatlar uchun ham darra bilan jazolash holatlari ro‘y berganini qayd etishgan.
Darra urish bilan bog‘liq eng rezonansli vaziyat 2015 yilda ro‘y bergan, deb eslatadi BBC. O‘shanda bloger Roif Badaviy kiberjinoyatchilik va Islom dinini tahqirlagani uchun 1000 darra jazoga hukm qilingan, biroq xalqaro norozilikdan so‘ng jazo bekor bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
23:09 / 15.04.2026