«Biz kalkulyatorni qölga olib, har bir sohada monopoliyadan körilayotgan zararni hisoblab çiqsak, tezda töğri qarorlar qabul qila boşlaymiz».

Ta'lim sifati oşirilişiga nima tösiq bölyapti? Özbekiston monopoliyalar sababli nimalarni boy bermoqda? Jamiyatning ayollarga munosabatida qanday xatolar bor? Biz Singapur tajribasidan nimalarni örganişimiz mumkin?

Davlat boşqaruvini modernizatsiyalaş va elektron hukumat masalalari böyiça mutaxassis, Smartgov.consulting kompaniyasi ijroçi direktori Aziza Umarova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda şular xususida öz mulohazalarini bildirdi.

― Ta'lim sifatini oşiriş hukumat oldidagi asosiy masalalardan biri bölib turibdi. Turli şakl va körinişda özgarişlar qilinayotgan bölsa-da, ijobiy siljiş sezilgani yöq. Aksinça, muammo çuqurlaşgan holatlar ham böldi...

― Çunki bizda akademik erkinlik va oliy ta'lim avtonomiyasi yöq. Agar universitet xususiy bölsa, u boşqa oliygohlar bilan raqobatlaşadi. Ta'lim dasturi progressiv va qiziqarli bölişiga, eng yaxşi öqituvçilar işlaşiga harakat qiladi. Yaxşi kitoblar, kompyuterlarga resurs tikişga, talaba eng yaxşi bilimlarni olişi uçun şaroit qilişga imkoniyat paydo böladi. Çunki raqobat bor.

Raqobat bölmasa, barça oliy ta'lim muassasalari davlatniki bölsa... Ularda hisobdorlik yuqori, doim qandaydir hujjatlar talab qilinadi. Va ular har qanday holatda ham davlat öziga pul berişini biladi.

Deylik, xususiy universitet va davlat universiteti. Ular davlat subsidiyalari uçun kuraşadi. Davlat xususiy universitetga pul beradi va menga bu yil 100 nafar kadr tayyorlab berasan, deydi. Va xususiy universitet davlat uçun talabalarni tayyorlab beradi. Çunki bu universitetda iqtisodiyot böyiça yaxşi dastur bor. Narigi universitetda esa tibbiyot dasturi yaxşi. Balki xususiydir, balki davlatniki. Ular doim davlat moliyalaştirişi uçun özaro raqobat olib borişadi.

Ana şunda davlat universitetlari ham özgarişga majbur böladi. Bizda heç qaçon bunday bölmagan. Sifatli ta'lim haqida öylar ekanmiz, gap yana oliy ta'lim tizimidagi monopoliyaga, raqobatning yöqligiga borib taqaladi.

Aviatsiya böladimi, oliy ta'limmi, soğliqni saqlaşmi ― har qanday sohada ham raqobat paydo bölsa, sifat yaxşilanadi. Kuçsizlar çekinadi, kuçlilar qoladi. Kuçlilar öz xizmatlarini yaxşilaş orqali özaro kuraş olib boradi.