Özbekistonda dvigatel hajmi 1000 va 1200 sm kubgaça bölgan yengil avtomobillar importi uçun boj imtiyozining amal qiliş muddati yakuniga yetdi va stavkalar avvalgi darajaga qaytdi.
Pasaytirilgan stavkalar 2023 yil 17 iyuldan kuçga kirgan va 2026 yil 1 yanvarga qadar işlab çiqarilganiga 1 yildan oşmagan yangi yengil avtotransport vositalarini olib kirişda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari belgilangan edi:
- dvigatel silindrlarining iş hajmi 1 000 sm kubdan oşmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uçun – 0 stavka;
- dvigatel silindrlarining iş hajmi 1 200 sm kubdan oşmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uçun – 5 foiz stavka.
Öşa vaqtda bu qaror avtomobil bozorida raqobatni rivojlantiriş va aholini hamyonbop yengil maşinalar bilan ta’minlaşga qaratilgani aytilgan edi.
Imtiyoz muddati uzaytirilmadi va 2026 yil 1 yanvardan quyidagiça stavkalar amal qila boşladi:
- 1000 sm kubgaça – 15 foiz va har bir sm kub uçun 0,4 AQŞ dollari;
- 1200 sm kubgaça – 15 foiz va har bir sm kub uçun 0,6 AQŞ dollari.

















