Jahon savdo taşkilotiga a’zolikning yakuniy pallasi: Özbekiston 2,5 oy içida ulgura oladimi? Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi: öqituvçilar majburiy mehnatga tizimli ravişda jalb qilindimi? Boysundan neft çiqişi, kam litrajli avtomobillarga boj va qonli avtobus halokati – ortda qolgan haftaning Özbekiston hayotiga oid muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

JST sari uzoq yöl: marra yaqinmi?

Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş yölida alohida muzokara ötkazişni istagan 34 ta davlatdan 33 tasi bilan kelişuvga erişdi. Bu haqda 2025 yilgi faoliyatini sarhisob qilgan boş muzokaraçi Azizbek Urunov ma’lum qildi. U avvalroq ikki tomonlama muzokaralar hali yakunlanmagan yagona davlat Tayvan ekanini aytgandi. Bunday keçikiş Tayvanning yuridik jihatdan suveren emasligi bilan boğliq bölişi mumkin.

Urunovga köra, ötgan yili 1200 dan ortiq me’yoriy hujjatlar ekspertizadan ötkazilgan; JST talablariga muvofiq 30 ta normativ-huquqiy hujjat, xususan 4 ta qonun qabul qilingan. 2026 yilda a’zolik jarayonini töliq yakuniga yetkaziş ustuvor vazifa böladi, dedi boş muzokaraçi.

Jarayonni oxiriga yetkaziş uçun Tayvan bilan kelişuvga erişişdan taşqari, Işçi guruh doirasida köp tomonlama muzokaralarni ham yakunlaş, şu asosda işçi guruh hisobotini tayyorlab tugatiş talab etiladi. Modomiki Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zoligini taşkilotning eng oliy organi – Vazirlar konferensiyasida nişonlaşni istar ekan, qolgan işlarga ulguriş uçun oldinda atigi 2,5 oy vaqt qoldi.

Agar mart oyi oxiridagi konferensiyagaça ulgurişning imkoni bölmasa, Özbekistonning a’zoligi yil oxirigaça JST Boş kengaşi tomonidan tasdiqlanişini kutiş mumkin. Şundan keyin a’zolik protokoli Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilinişi kerak. Ratifikatsiya haqidagi hujjat JST Kotibiyatiga topşirilganidan 30 kun ötib, Özbekiston rasman taşkilotning tölaqonli a’zosiga aylanadi.