16:25 / 07.05.2020
7336
Missisipi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirdi

AQShning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Jyenson Boylz O‘zbekiston prezidenti va xalqiga murojaat yo‘lladi.

Foto: Mississippi National Guard

Murojaatda general-mayor Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kuzatilgan favqulodda hodisalar yuzasidan hamdardlik bildirgan.

«Butun dunyoga, xususan, O‘zbekiston va Missisipiga ham ta'sir ko‘rsatgan global pandemiya davrida Missisipi shtati Milliy gvardiyasi nomidan prezident Shavkat Mirziyoyevga hamda O‘zbekiston xalqiga ta'ziya va hamdardlik bildiramiz.

Yaqinda Buxoro va Sardobada kuzatilgan favqulodda hodisalar halokatli bo‘ldi. Voqea joyida qutqaruv ishlarini olib borayotgan davlat organlari xodimlari, milliy gvardiya va albatta, ushbu voqealardan jabrlanganlarning haqqiga duodamiz va hamdardmiz. Sizga eng yaxshi tilaklarimizni yo‘llaymiz», deyiladi murojaatda.

 
Message To Uzbekistan

Maj. Gen. Janson D. Boyles, adjutant general of Mississippi, offers his condolences to the people of Uzbekistan in the wake of recent natural disasters. Bukhara experienced heavy rain and a windstorm on April 27 that caused one death and approximately 30 injured. The storm also caused a disruption of energy to over 138,000 households. The district of Syrdanya experienced a dam break on May 1, causing three deaths, 56 injured, and approximately 70,000 citizens evacuated from their homes. Locals are claiming this is the largest natural disaster in Uzbekistan since the 1966 earthquake that leveled most of Tashkent. Mississippi and Uzbekistan are paired together as part of the Department of Defense State Partnership Program. Our thoughs and prayers are with you during this difficult time. #MSNG

Posted by Mississippi National Guard on Tuesday, May 5, 2020

O‘zbekiston va Missisipi o‘rtasidagi harbiy hamkorlik

O‘zbekiston va AQShning mudofaa sohasidagi hamkorligida Missisipi shtati alohida o‘ringa ega. Shtat Milliy gvardiyasi qo‘mondoni – shtat gubernatori o‘rinbosari general-mayor Jyenson Boylz boshchiligidagi delegatsiya 2018 yil sentabr oyida Toshkentga kelgan edi.

Natijada, 2019 yil boshida O‘zbekistonning maxsus bo‘linma harbiylari birinchi marta AQShda mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Mashg‘ulotlarni O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov (hozirda DXX raisi) ham kuzatib bordi – bu O‘zbekiston mudofaa vazirining AQShga 15 yil ichidagi birinchi tashrifi bo‘ldi. Tashrif davomida o‘zbek harbiylari Missisipi shtatida CENTCOM qo‘mondonligi bilan uchrashdi.

2019 yil may oyida esa Jyenson Boylz bilan birga Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant ham O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘tgan yilning sentyabrida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy delegatsiyasi yana bir bor AQShga bordi, bir hafta o‘tib Missisipi shtatidan bir guruh amerikalik harbiylar Samarqandga keldi.

Missisipida har yili an'anaviy ravishda AQSh harbiy xizmatchilari o‘rtasida «Eng yaxshi jangchi» harbiy tanlovi o‘tkaziladi. 2019 yil dekabrida bu tanlovda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham ishtirok etib, o‘z toifalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2020 yil yanvarida Missisipi shtatining yangi gubernatori Teyt Rivzning inauguratsiya marosimida O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov ham ishtirok etdi.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top