Missisipi shtati irqchilikka qarshi namoyishlar sababli o‘z bayrog‘ini o‘zgartirishi mumkin
Irqchilikka qarshi noroziliklar ortidan shtat qonun chiqaruvchilari shtat bayrog‘ida 1894 yildan buyon mavjud konfederatlar ramzini muhokama qila boshlashdi. Missisipi - bayrog‘ida konfederatsiya ramzi bo‘lgan AQShdagi yagona shtat.
Missisipi shtati gubernatori Teyt Rivz janubiy shtatlar konfederatsiyasi ramzi bo‘lganligi bois shtat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzolashga tayyorligini ma'lum qildi.
Irqchilikka qarshi noroziliklar ortidan shtat qonun chiqaruvchilari shtat bayrog‘ida 1894 yildan buyon mavjud konfederatlar ramzini muhokama qila boshlashdi. Missisipi - bayrog‘ida konfederatsiya ramzi bo‘lgan AQShdagi yagona shtat.
"Qonun chiqaruvchilar bir necha kundan beri shtat uchun yangi bayroq muhokamasida boshi berk ko‘chadan chiqa olmayapti. 1894 yilgi bayroq borasidagi munozaralar bayroqning o‘zi kabi bahsli bo‘lmoqda va bunga chek qo‘yish vaqti keldi. Menga qonun loyihasini jo‘natishsa, uni imzolayman", - deb yozdi Rivz Twitter sahifasida.
Afroamerikalik Jorj Floyd politsiya qo‘lidan halok bo‘lgach, AQShda irqchilik to‘g‘risidagi munozaralar yana keskin tus oldi, qator shaharlarda noroziliklar bo‘lib o‘tdi.
1861-1865 yillarda Shimol va Janubning quldorlik borasidagi nizosi davomida bir nechta shtat AQShdan ajralib chiqqan va Amerika Konfederativ Shtatlari (AKSh)ni tuzgandi. Harbiy nizo Shimolning g‘alabasi va AQShning tiklanishi bilan tugagan. Shuningdek, qullar ozod etilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024