18:37 / 07.05.2020
7462
Transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Anvar Mirzayev Transport vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni Anvar Anvarbekovich Mirzayevni O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorini imzolagan.

Shu vaqtgacha transport vaziri Elyor G‘aniyevning 4 nafar o‘rinbosari bor edi: Ilhom Mahkamov, Davron Dehqonov, Abdurahmon Abduvaliyev va Jasurbek Choriyev. Anvar Mirzayev shu vaqtgacha vakant turgan lavozimni egalladi.

Avvalroq Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Top