7 fevral kuni Kun.uz yerusti metro liniyasining 2-bosqiçi doirasida qurilib, salkam 2 oydan beri tekşiriş jarayonlari yakunlanmagan “Turon” va “Qipçoq” bekatlari yuzasidan xabar e’lon qilgandi. Unda mas’ullar yangi bekatlar qaçon oçilişi böyiça aniq javob bermayotgani aytilgandi.
Transport vazirligi mazkur xabar böyiça rasmiy munosabat e’lon qildi. Unga köra, sinov jarayonlari şu yilning 15 mart kuniga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan. Işlar yakunlangaç, yerusti metro liniyasining “Turon” va “Qipçoq” bekatlarini öz içiga olgan uçastkasi foydalanişga topşiriladi.
“Bugungi kunda yerusti metro liniyalarini quriş, foydalanişga topşiriş, topşiriş oldi sinov jarayonlarini ötkaziş örganilgan xorij tajribasi natijalaridan kelib çiqib, şuningdek, sinov jarayonlarini ötkaziş böyiça tasdiqlangan me’yoriy texnik talablar asosida amalga oşirilmoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib ötamiz, Quruvçilar dahasidan Sergeli mavzesigaça bölgan “Turon” va “Qipçoq” metro bekatlarining qurilişi 2023 yil söngida yakunlanib, 15 dekabr kuni poyezdlar harakati sinov tariqasida boşlangan edi.
Qöyliqdan Sergeligaça bölgan yerusti halqa yöli jami 7 ta metro bekatini öz içiga olgan. Uning qurilişi 2020 yilning dekabr oyidan boşlangan. 2023 yil aprel oyida bekatlarning 5 tasi aholiga foydalanişga topşirilgandi.











