8 aprel kuni hukumat yiğilişida berilgan ma’lumotga tayanib, 10 aprel Ramazon hayiti kunida respublikadagi barça jamoat transporti 4:00 dan 10:00 gaça bepul qilinişi xabar berilgandi.

Ammo Transport vazirligi kunning bu vaqtlarida faqat Toşkent şahridagi avtobus hamda metrolar yölovçilarga tekin xizmat körsatişini ma’lum qildi.

Vazirlik axborot xizmati rahbari Navröz Aşurmatovning Kun.uz’ga aniqlik kiritişiça, butun respublikada jamoat transportining bepul bölişi tavsiyaviy xarakterga ega.

“Çunki Toşkent şahridan boşqa hududlarda yölovçi taşiş xizmati bilan xususiy sektor, tadbirkorlar şuğullanadi. Ularning hammasi bu [taşabbus]ga rozi böladimi yoki yöq, buni aniq bilmaymiz. Bugundan [9 apreldan] hududiy boşqarmalarimiz işlaşni boşlaydi, qaysidir tadbirkor rozi bölsa, uni boşqarmalarimiz e’lon qilib boradi”, – dedi u.

Uning qöşimça qilişiça, poytaxtda davlat taşkilotlari, ya’ni “Toşşahartransxizmat” va Toşkent metropoliteni işlagani uçun faqat poytaxt kesimida yöl haqi bepul böladi.

Eslatib ötamiz, bayram munosabati bilan 9 aprel kuni soat 17:00 dan 10 aprel kuni soat 17:00 gaça Toşkent şahriga yuk avtomobillari kirişi va harakati töliq çeklanadi.