Özbekistonda ayollar avtobuslarni boşqariş huquqiga ega bölmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 fevraldagi tegişli qaroriga muvofiq hukumatning 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi öz kuçini yöqotgan. 

Mazkur normalarda ayollarni «BC» va «D» toifalariga tayyorlaşni taşkil qilişda yuk avtomobillarining yuk kötarişi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yölovçilar taşiş uçun ruxsat etilgan soni 14 kişidan oşmasligi kerakligi belgilangandi. Ya’ni, bugungaça ayollar faqatgina yölovçilarning soni 14 kişidan oşmaydigan avtobusni haydovçi sifatida boşqarişi mumkin edi.  

Endilikda ayollarga quyidagi yönalişlar böyiça mehnat faoliyatini olib boriş uçun huquqiy asos yaratildi:

  • yuk kötarişi 2,5 tonnadan ortiq bölgan yuk avtomobillarini boşqariş;
  • yölovçilarning soni 14 kişidan ortiq bölgan avtobuslarni boşqariş.

Eski normalarning bekor qilinişi bilan ayollarga qöşimça kasb va sohalarda mehnat faoliyatini olib borişi uçun huquqiy asos mustahkamlangan. Şuningdek, transport sohasida gender tenglikni ta’minlaş va katta siğimli avtobuslarni (elektrobus) boşqarişga ayollarni jalb etiş imkoniyati yaratilgan. 

Qayd etilişiça, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga uşbu sohalarda qulay va soğliqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib boriş imkonini beradi.