09:00 / 12.05.2020
68260
Bel og‘rig‘i va bo‘g‘imlardagi og‘riqni kanday yengish mumkin?

Keksayishni o‘zimiz istamasak-da, ayrim vaqtlarda u tez sur'atlarda yuz beradi. Bu ko‘pincha bo‘g‘imlarimiz holatiga ham bog‘liq. Chunki harakatlari cheklangan yoki og‘riqli bo‘lgan kishi o‘zini navqiron sanay olmaydi.

Shuning uchun bo‘g‘imlarimizning navqiron holatini saqlash muhim. Bejizga Sharq tibbiyotida odamning bo‘g‘imlari qanchalik yosh bo‘lsa, uning o‘zi ham yosh va sog‘lom hisoblanadi, deya aytilmagan.

Osteoartroz va osteoxondroz bugungi kunda dunyoda eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi.Og‘ir bosim va noto‘g‘ri ovqatlanishni bunga asosiy sabab sifatida keltirish mumkin. Bo‘g‘imlarimizga nisbatan e'tiborsizligimiz ham ana shu kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Chunki toki bo‘g‘imlarda kuchli og‘riq paydo bo‘lmagunicha ularga e'tibor bermaymiz va “shafqatsizlarcha” foydalanishda davom etamiz. Afsuski, bo‘g‘im kasalliklari rivojlanganidan keyin jarayonni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Bu kasalliklar uzoq va og‘ir davolanishi bilan hayotimizni murakkablashtiribgina qolmay, harakatlanish imkoniyatlarini cheklab, odamni nogiron kishiga aylantirishi ham mumkin.

Osteoartroz va osteoxondroz qanday kasallik?

Osteoartroz muayyan bo‘g‘imlarga zarar yetkazsa, ostexondroz – umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlari bilan bog‘liq kasallikdir. Ularning paydo bo‘lishi darhol sezilmaydi. Bo‘g‘imlardagi og‘riqlar odatda jismoniy bosimdan keyin paydo bo‘ladi va tinch holatda yoki tungi dam olish vaqtida o‘tib ketadi.Kasallik yillar davomida rivojlanishi va odamga sezilmasligi mumkin. Bu esa uning xavfli jihatlaridandir.

Chunki hatto bo‘g‘im deformatsiyasi, masalan, oyoqdagi bosh barmoq bo‘g‘imining kattalashishi yuz berganda ham shifokorga borishga shoshilmaymiz. Sababi – bu holat hayot tarzimizga u qadar ta'sir qilmaydi. Biroq sog‘liqqa befarq bo‘lish zudlik bilan davolanishni talab etuvchi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bo‘g‘im “yakka holda” og‘rimaydi, asta-sekin ortiqcha bosimni o‘ziga olgan boshqa bo‘g‘imlarda ham og‘riq paydo bo‘ladi.

Osteoartroz va osteoxondroz dunyoning barcha burchaklarida uchraydi. Yoshi kattalar, doimiy ravishda “o‘tirish” va “turish” holatida ishlaydigan, shuningdek jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan ishchilar xavf guruhidadirlar. Yosh o‘tishi bilan mazkur kasallikka chalinish holatlari ko‘proq uchraydi. Biroq bo‘g‘im kasalliklari asta-sekin yosharmoqda. Chunki bugungi kunda ofisda “o‘tirish” bilan bog‘liq kasblar va mutaxassisliklar paydo bo‘lyapti, informatsion texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi esa kompyuterdan turmagan holda ko‘plab hayotiy va professional masalalarni hal etish imkonini beryapti. Bo‘g‘im kasalliklari odatda jarohat va shikastlanishlar natijasida ham rivojlanadi, afsuski, hech kim ulardan sug‘urtalanmagan. Bo‘g‘im kasalliklariga sabab bo‘layotgan yana bir holat- ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi insonlar ortib borayotganidir. Bunday odamlarning bo‘g‘imlari esa doimiy ravishda ortiqcha bosimni his qiladi. Bu kabi holatlarning barchasi osteoxondroz va osteoartroz bilan nafaqat keksa kishilar, balki 20 yoshlilar ham kasallanishiga olib kelyapti.

Osteoxondroz sabablari

Odam umurtqa pog‘onasi faol hayot tarziga moslashgan. Uning me'yoridan kam harakatliligi ham, ortiqcha zo‘riqishi ham umurtqa pog‘onasidagi muammolarga olib keladi. Quyida osteoxondrozni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni sanab o‘tamiz:

•   Umurtqaning shikastlanishlari va tug‘ma defektlari;

•   Irsiy moyillik;

•   Moddalar almashinuvining buzilishi, semizlik;

•   Infeksion kasalliklar;

•   Organizmning keksayishi;

•   Sport yoki og‘ir jismoniy mehnat ta'sirida umurtqaning zo‘riqishi;

•   Kimyoviy moddalar ta'siri;

•   Mexanik ta'sir – vibratsiya (uzoq yo‘lga qatnovchi haydovchilar va qishloq xo‘jaligi texnikasi haydovchilari);

•   Yassioyoqlik;

Osteoxondrozni keltirib chiqaruvchi omillar:

•   Noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn;

•   Kam harakatlilik;

•   Kompyuter oldida ko‘p o‘tirish yoki mashina haydash;

•   Chekish;

•   Sovuq qotish;

•   Noqulay, baland poshnali oyoq kiyim kiyish;

•   Doimiy stresslar.

Muammo qanday paydo bo‘ladi?

Organizmdagi har bir bo‘g‘im suyaklarning bo‘g‘im yuzalaridan tashkil topgan, mustahkam va egiluvchan tog‘ay to‘qimasi bilan qoplangan. Uning yuzasi bo‘g‘im ichki suyuqligi bilan to‘ldirilgan. U bo‘g‘im yuzasining tekis sirpanishini ta'minlaydi va zarbalarni yumshatadi.

Bo‘g‘im tog‘ayi qon-tomirlari bilan bog‘lanmagan va ozuqa moddalarini bo‘g‘im ichki suyuqligi hamda tog‘ay yaqinidagi to‘qimalardan oladi. Agar bo‘g‘imga ortiqcha bosim bo‘lsa, kichik shikastlanish sodir bo‘ladi va tog‘ayning ozuqalanishi buziladi.

Doimiy ravishda zaruriy oqsil, ferment, mineral va kislorodga ehtiyoj sezgan tog‘ay tez qarishni boshlayli, egiluvchanligini yo‘qotadi, po‘k bo‘lib qoladi. Bu esa o‘z-o‘zidan keyingi shikastlanishlarga olib keladi. Degeneratsiyaning bu davrida bo‘g‘im kutilmagan harakatlarda shiqirlaydi, egilishlarda esa yoqimsiz hislar paydo bo‘ladi. Agar bo‘g‘imlarga o‘z vaqtida yordam berilmasa, ularning yillar davomidagi shikastlanishlari tog‘aylar yeyilishiga olib keladi. Bu jarayon har doim ham tez kechmaydi, biroq uni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Natijada bo‘g‘imda yallig‘lanish paydo bo‘ladi, bo‘g‘im yuzasi chetida suyak to‘qimasi o‘sib ketadi, suyaklarning bo‘g‘imlari o‘zgarib, bo‘g‘im yaqinidagi to‘qimalar degeneratsiyalanadi. Bu osteoartroz deb ataladi. Uning tashqi belgilari – bo‘g‘imlardagi og‘riq va qirsillashlar, bo‘g‘imning kattalashuvi va deformatsiyasi, bo‘g‘im harakatchanligining cheklanishi yoki notabiiy darajada serharakatliligi. Gap umurtqa pog‘onasi haqida borganida bu yerda umurtqa pog‘onasi disklarining ishqalanib yeyilishi yuz beradi. Bu esa zararlangan disk deformatsiya bo‘lishi, o‘zining amortizatsiya xususiyatlarini yo‘qotishi, diskning fibroz xalqasida mikro darz ketishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Mazkur jarayonlarning bari harakat va tinch holatda paydo bo‘ladigan kuchli og‘riq bilan kechadi.

Bo‘g‘imlar salomatligini qanday saqlash mumkin?

Bo‘g‘imlar uzoq vaqt xizmat qilishi uchun uch narsa muhim: yetarli darajada suyuqlik va zaruriy elementlar, to‘g‘ri taqsimlangan jismoniy mashqlar va qon bilan ta'minlanish.

To‘g‘ri ovqatlanish bo‘g‘imni zaruriy moddalar bilan ta'minlaydi. Bunda kalsiyga katta e'tibor berish kerak. Tarkibida kalsiy bo‘lgan mahsulotlar – sut, tvorog, qattiq pishloq, sabzavotlarni yetarli miqdorda iste'mol qilish kerak.

Yana bir muhim jihat – harakat. U sog‘lom bo‘g‘imlar uchun juda zarur. Gap shundaki, bo‘g‘im ichki suyuqligi aynan harakat vaqtida ishlab chiqariladi va suyuq holatini saqlaydi. Harakat bo‘lmaganida esa bo‘g‘im zararlanadi.

Xondromed Plyus preparati qanday ta'sir qiladi?

Peroral kombinatsiyalashgan xondroprotektor tarkibida xondroitin va glyukozaminning maksimal miqdori mavjud. Bu esa osteoartroz va osteoxondroz kasalligiga chalingan bemorlarda davolash samaradorligi va qulayligini ta'minlaydi. Xondromed Plyus og‘riq, yallig‘lanishni kamaytiradi, bo‘g‘imlarning tarkibiy o‘zgarishlarini sekinlashtiradi.

Xondromed Plyus tarkibidagi moddalar tog‘ay to‘qimasi, suyaklar, bog‘lamalar va bo‘g‘im ichki suyuqligi hujayralari orasidagi tabiiy komponentlardir:

Xondroitin tog‘ay to‘qimasi tuzilishi va uni tiklash uchun muhim.

Xondroitin tog‘ay to‘qimasini yemirilishlardan himoya qilish va bo‘g‘imlar harakatchanligini yaxshilash uchun zarur.

Xondroitin og‘riqni ham oladi. Bu esa yallig‘lanishlarga qarshi dorilar dozasini kamaytirish yoki ularni umuman qabul qilmaslik imkonini beradi.

Glyukozamin sulfat bo‘g‘im to‘qimalarining tezda tiklanishi uchun mas'ul proteoglikanlar sintezini faollashtiradi.

Glyukozamin sulfat kollagen, giaoluron kislotasi, shuningdek, bo‘g‘im ichki suyuqligi sintezini faollashtiradi.

Xondromed plyus kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga bir sutkada 1ta paketchadan buyuriladi.

Davolanishning minimal davomiyligi 2 oy. Dozalash va davolanish kursining davomiyligini shifokor aniqlaydi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud. Qabul qilishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.

Telefon: 95 621 01 23

Reklama huquqi asosida

Top