10:17 / 13.05.2020
10390

Xorazmda to‘rt yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB TG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Joriy yilning 12 may kuni soat 19:00larda Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Qalando‘rman qishlog‘i hududidan o‘tgan ichki 4K-928 avtomobil yo‘lining 3-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1998 y.t. A.S. “Matiz” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oshirgan holda boshqarayotib, yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan 2008 y.t. Z.O‘.ning qo‘lidan chiqib ketib, yo‘lga yugurib chiqqan piyoda, 2016 y.t. M.J.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, voyaga yetmagan 4 yoshli M.J. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonada vafot etgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB TG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar, aholi yashash joylarida transport vositasi tezligini me'yoridan oshirmasligingizni, piyoda va velosipedchilarga e'tiborli bo‘lishingizni, piyodalar esa belgilanmagan joylarda harakatlanmasligingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top