04:44 / 14.05.2020
11726

Dmitriy Peskov o‘z holati haqida ma'lumot berdi

Foto: Izvestiya

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Peskovning o‘zi «Kommersant»ga bergan intervyusida aytgan. Peskovning aytishicha, unda deyarli har kuni o‘tkazilgan testlardan birida koronavirus aniqlangan.

«Testdan keyingi birinchi kunda hech qanday alomat bo‘lmadi. Keyin esa 37 darajadan balandroq isitma boshlandi. Hozir bir tomonlama pnevmoniyani uyda ham davolashmoqda, ammo u ikki tomonlama bo‘lsa, tanlovga imkoniyat yo‘q. Bir narsaga amin bo‘ldimki, virus o‘pkani tanangiz kabi ko‘p yemirmaydi», degan Kreml matbuot kotibi.

Peskov boshlanishiga bir-ikki kun uyida yotgan, lekin keyinchalik alomatlar jiddiylashgach, kasalxonaga yotishga majbur bo‘lgan. Peskovning rafiqasi mashhur figurali uchish ustasi Tatyana Navkada ham virus aniqlangan. Kreml matbuot kotibi mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan bir oydan oshiqroq vaqt davomida ko‘rishmaganini aytgan.

Ma'lumot uchun, Dmitriy Peskovda koronavirus aniqlangani 12 may kuni ma'lum bo‘ldi. Kremldagi virusga chalinganlar haqida xabar berib turgan Peskov o‘zining virus yuqtirgani haqida ham o‘zi xabar berdi. Oldinroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda, shuningdek, madaniyat vaziri Olga Lyubimova va ta'lim vaziri Valeriy Falkovda ham koronavirus aniqlangandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top